» » Superliga. “Nasaf” bugun “Andijon” maydoniga safar qiladi, “Paxtakor” esa o‘z uyida “Dinamo” bilan o‘ynaydi

Superliga. “Nasaf” bugun “Andijon” maydoniga safar qiladi, “Paxtakor” esa o‘z uyida “Dinamo” bilan o‘ynaydi


18-aprel, payshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 5-tur bahslariga start beriladi.

Kunning dastlabki o‘yinida Ro‘ziqul Berdiyev qo‘l ostidagi Qarshining “Nasaf” klubi “Andijon” maydoniga safar qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan turda qarshiliklar o‘z maydonida “Navbahor”ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. “Andijon” esa Toshkentning “Bunyodkor” klubiga yutqazgandi (0:1).

Musobaqa jadvalida yetakchilik qilayotgan Shota Arveladze boshliq “Paxtakor” o‘z maydonida Samarqandning “Dinamo” jamoasini sinovdan o‘tkazadi. Bellashuv soat 18:15 da start oladi. Ma’lumot uchun, so‘nggi turda “sherlar” mehmonda kechgan bahsda “Surxon” bilan durang o‘ynagan bo‘lsa (0:0), “Dinamo” klubi esa “So‘g‘diyona”ni yenggandi (1:0).

Kunning so‘nggi bahsida 9 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida 2-o‘rinda borayotgan Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi safarda “Buxoro”ga qarshi maydonga tushadi. O‘yin soat 19:15 da boshlanishi belgilangan. Ta’kidlash joiz, 4-turda “Lokomotiv” klubi OKMKni taslim qilgandi (2:1). Buxoroliklar esa Qo‘qonda “Qo‘qon-1912” ustidan g‘alaba qozongandi (3:1).

4-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

Superliga

5-tur bahslari

18-aprel, payshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2019, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют