» » Superliga. “Bunyodkor” “Nasaf”ni qabul qiladi, “Navbahor” esa OKMK maydoniga safar qiladi

Superliga. “Bunyodkor” “Nasaf”ni qabul qiladi, “Navbahor” esa OKMK maydoniga safar qiladi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 11-turi doirasida 16-iyun, yakshanba kuni navbatdagi 4 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Bekobodning “Metallurg” klubi safarda “Andijon” bilan bahsga kirishadi. Eslatib o‘tamiz, “Metallurg” 12 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 9-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, 11-pog‘onani egallab turgan “Andijon” hisobida esa 8 ochko mavjud.

Turning markaziy o‘yinida Vadim Abramov boshqaruvidagi Toshkentning “Bunyodkor” klubi Ro‘ziqul Berdiyev qo‘l ostidagi Qarshining “Nasaf” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ikkala bellashuv ham soat 18:00 da start oladi. Ma’lumot uchun, “qaldirg‘ochlar” 10-turda “Metallurg” ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritgandi (2:0). Qarshiliklar esa o‘z maydonida “Lokomotiv”ga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi (0:1).

Shu kuni Mirjalol Qosimov boshliq Olmaliqning OKMK jamoasi Namanganning “Navbahor” klubini qabul qiladi. O‘yin soat 19:30 da boshlanadi. Qayd etish joiz, olmaliqliklar avvalgi turda “Paxtakor”ga yirik hisobda mag‘lub bo‘lgandi (1:4). “Navbahor” esa vodiy derbisida “Andijon” bilan durang natijaga erishgandi (1:1).

Turning so‘nggi bahsida Shota Arveladze qo‘l ostidagi Toshkentning “Paxtakor” klubi mehmonda “Buxoro”ni sinovdan o‘tkazadi. Uchrashuv soat 20:00 da boshlanishi belgilangan. Ta’kidlash lozim, “sherlar” 26 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, “Buxoro” 7 ochko bilan 13-o‘rin bilan kifoyalanib turibdi.

Superliga

11-tur bahslari

16-iyun, yakshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-06-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют