» » Superliga. “Nasaf” “Lokomotiv”ni qabul qiladi, “Paxtakor” esa OKMK bilan o‘ynaydi

Superliga. “Nasaf” “Lokomotiv”ni qabul qiladi, “Paxtakor” esa OKMK bilan o‘ynaydi


26-may, yakshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 10-turi doirasida 3 ta o‘yin bo‘lib o‘tadi.

Ro‘ziqul Berdiyev qo‘l ostidagi Qarshining “Nasaf” klubi o‘z maydonida Andrey Fyodorov boshliq Toshkentning “Lokomotiv” klubini qabul qiladi. Eslatib o‘tamiz, qarshiliklar avvalgi turda “Qo‘qon-1912”ni mag’lubiyatga uchratgan bo‘lsa (2:0), “temiryo‘lchilar” “Bunyodkor” bilan durang o‘ynagandi (0:0).

Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi “Buxoro”ga qarshi maydonga tushadi. Ma’lumot uchun, jizzaxliklar 12 ochko jamg‘argan holda 9-o‘rinda bormoqda. Buxoro klubi esa 7 ochko bilan 13-o‘rinni band qilgan.

Turning so‘nggi uchrashuvida Shota Arveladze boshqaruvidagi Toshkentning “Paxtakor” klubi Mirjalol Qosimov murabbiyligi ostidagi Olmaliqning OKMK jamoasini sinovdan o‘tkazadi. Uchala bellashuv ham 19:00 da start oladi. Ta’kidlash joiz, “sherlar” 9-turda “Andijon” darvozasiga javobsiz 3 ta to‘p kiritgandi (3:0). OKMK esa o‘z uyida “So‘g‘diyona”ga 0:2 hisobida taslim bo‘lgandi.

Superliga

10-tur bahslari

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют