» » “Dinamo”—“Navbahor”, “Nasaf”—OKMK. Superliga 6-tur o‘yinlari anonsi

“Dinamo”—“Navbahor”, “Nasaf”—OKMK. Superliga 6-tur o‘yinlari anonsi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 6-tur o‘yinlariga 26-aprel sanasidan e’tiboran start beriladi.

Turni “Dinamo”—“Navbahor” uchrashuvi boshlab beradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:30 da boshlanadi. Eslatib o‘tamiz, samarqandliklar avvalgi turda “Paxtakor”ga yutqazgan bo‘lsa (0:2), Namangan klubi “Surxon” darvozasiga javobsiz 3 ta gol kiritgandi (3:0).

Turning markaziy o‘yinlaridan birida Ro‘ziqul Berdiyev qo‘l ostidagi “Nasaf” jamoasi o‘z maydonida Mirjalol Qosimov boshliq OKMK bilan jang qiladi. Bellashuv soat 19:35 da boshlanishi belgilangan. Ta’kidlash joiz, qarshiliklar 5-turda “Andijon”ga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi (1:3). Olmaliq klubi esa “Bunyodkor”ga kichik hisobda mag‘lub bo‘lgandi (0:1).

Shu kuni Vadim Abramov boshqaruvidagi Toshkentning “Bunyodkor” klubi “Buxoro” maydoniga safar qiladi. Bahsga soat 19:35 da start beriladi. Ma’lumot uchun, “qaldirg‘ochlar” so‘nggi 5 turda jami 9 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. Buxoroliklar hisobida esa 5 ochko mavjud va jamoa musobaqa jadvalida 10-pog‘onadan joy egallagan.

5-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

Superliga

6-tur bahslari

26-apre, juma

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2019, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют