» » Superliga. “Navbahor” bugun “Surxon”ni qabul qiladi, “Metallurg” esa “So‘g‘diyona” maydoniga safar qiladi

Superliga. “Navbahor” bugun “Surxon”ni qabul qiladi, “Metallurg” esa “So‘g‘diyona” maydoniga safar qiladi


21-aprel, yakshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 5-turi doirasida 2 ta bellashuv bo‘lib o‘tadi.

Avvalgi turda “Nasaf”ni mag‘lub etgan (1:0) Namanganning “Navbahor” klubi o‘z maydonida Termizning “Surxon” jamoasi bilan bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:15 da start oladi.

Ma’lumot uchun, “Surxon” 4-turda “Paxtakor” bilan durang o‘ynagandi (0:0).

Shu kuni Bekobodning “Metallurg” jamoasi Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubi maydoniga safar qiladi. O‘yin soat 19:20 da boshlanishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, bekobodliklar avvalgi turda “Qizilqum”ni yirik hisobda taslim qilgandi (4:1). “So‘g‘diyona” esa Samarqandning “Dinamo” klubiga kichik hisobda mag‘lub bo‘lgandi (0:1).

Superliga

5-tur bahslari

21-aprel, yakshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют