» » OAV: Afg‘onistonda jangarilar uyushtirgan hujum oqibatida 10 nafar politsiyachi halok bo‘lgan

OAV: Afg‘onistonda jangarilar uyushtirgan hujum oqibatida 10 nafar politsiyachi halok bo‘lgan


Afg‘onistonning Qunduz va Kapisa viloyatlarida jangarilar hujumi oqibatida kamida 10 nafar politsiyachi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy hokimiyat organlariga tayanib 1TV News xabar qildi.

Qunduz viloyati gubernatori Ismatulla Murodiy “Tolibon” guruhi jangarilari xavfsizlik nazorat-o‘tkazish punktiga hujum uyushtirganini ma’lum qildi. Hujum oqibatida 5 nafar politsiyachi halok bo‘lgan, yana to‘rt nafar huquq-tartibot xodimi yaralangan. Qarshi hujum vaqtida 10 nafar jangari o‘ldirilgan, olti nafari esa jarohatlangani aytilmoqda.

Kapisa viloyatidagi hujumda ham besh nafar politsiyachi, xususan, mahalliy jinoyat qidiruv boshqarmasining boshlig‘i halok bo‘lgan, yetti kishi turli darajadagi jarohatlar olgan.

Murodiyning so‘zlariga ko‘ra, Qunduzda Imom-Sohib tumanidagi maxsus operatsiyada Afg‘oniston qurolli kuchlari “Tolibon” harakatining uch nafar a’zosi o‘ldirilgan, ikki nafar jangari yaralangan.

12-sentabrda Qatarda AQSh bilan hamkorlikda Afg‘oniston hukumati hamda “Tolibon” o‘rtasida 20 yil ichida ilk bor vaziyatni tinchlik yo‘li bilan hal etishga qaratilgan muzokaralar boshlangandi. Muzokaralar boshida ikki guruh a’zolari muhokamalar og‘ir va qiyin o‘tishini bildirgan.

Afg‘oniston sobiq bosh vaziri Abdulla Abdulla Kobuldagi tinchlik jarayoni uchun mas’ul va u ikki tomon o‘rtasidagi nizoni bas qilishga chaqirgan. Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, 2020-yil fevral oxirlaridan beri mamlakatda kuzatilgan to‘qnashuvlarda 12 ming nafar tinch aholi halok bo‘lgan, yana 15 ming kishi turli jarohat olgan.

Biroq “Tolibon” siyosiy ofisi rahbari Abdul G‘ani Barodar Abdulla Abdullaning ushbu chorlovini javobsiz qoldirgan va o‘z nutqi davomida tinchlik sulhini eslab ham o‘tmagan.

Avval O‘zbekiston hukumatining Dohada Afg‘oniston hukumati va “Tolibon” harakati o‘rtasida inklyuziv muzokaralar boshlanganini olqishlagani xabar qilingandi.

O‘zbekiston TIV O‘zbekiston—AQSh—Afg‘oniston uch tomonlama hamkorlik mexanizmining Siyosat bo‘yicha quyi qo‘mitasi birinchi yig‘ilishida ham afg‘onlararo muzokaralarning birini Samarqandda o‘tkazishga tayyorligini bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2020, 22:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют