» » AQShda davom etayotgan o‘rmon yong‘inlari oqibatida kamida 28 kishi halok bo‘lgan

AQShda davom etayotgan o‘rmon yong‘inlari oqibatida kamida 28 kishi halok bo‘lgan


Avgust o‘rtalarida AQSh g‘arbida boshlangan o‘rmon yong‘inlari oqibatida kamida 28 nafar odam halok bo‘lgan. Bu haqda CNN telekanali hamda Associated Press agentligi xabar qildi.

Kaliforniya shtatida yashovchi aholi orasida 19 kishi olov ichida qolib halok bo‘lgan. Shuningdek, Oregon shtatida ham sakkiz nafar odam, jumladan, bir nafar voyaga yetmagan bola shu haftada o‘rmon yong‘inlarining qurboniga aylangan.

AQSh idoralararo yong‘in milliy markazi ma’lumotiga ko‘ra, 12-sentbarda mamlakat g‘arbida 97 ta katta yong‘in sodir bo‘lgan va 1,9 million gektar maydon olov ichida qolgan. Ularni o‘chirishga 29 ming nafar odam safarbar qilingan. Kaliforniya, Oregon, Vashington, Kolorado, Aydaxo va Yuta shtatlarining 40 ta yong‘in hududlarida evakuatsiya haqidagi buyruq kuchga kirgan.

AQShdagi o‘rmon yong‘inlari avgustdan buyon davom etmoqda. Tabiiy ofatga anomal issiqlik va chaqmoq tushishi sabab bo‘lgan. 17-avgustda Kaliforniyadagi “O‘lim vodiysi” milliy parkida olimlar tomonidan Selsiy shkalasi bo‘yicha eng yuqori 54,4 daraja harorat qayd etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2020, 23:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют