» » Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘inlarida 29 kishi halok bo‘ldi, 228 kishi bedarak yo‘qoldi

Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘inlarida 29 kishi halok bo‘ldi, 228 kishi bedarak yo‘qoldi


Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘inlari oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi, 228 kishi bedarak yo‘qoldi, deb xabar bermoqda Sputnik.

KRON4 telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, 6,4 mingdan ziyod uylar vayron bo‘lgan, 15 mingtasi xavf ostida. Alanga deyarli 45 ming gektar hududni qamrab olgan, yong‘inning 25 foizi to‘xtatilgan. Kamida 3,5 ming odam vaqtinchalik boshpanalarga joylashtirilgan.

Kaliforniya shimolidagi Camp o‘rmon yong‘inlari 8-noyabr, payshanba kuni boshlangan edi, hozirgacha ushbu tabiiy ofat oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘lgan. Olov 36 ming gektardan ziyod maydonni qamrab olgan bo‘lib, 7 mingdan ortiq inshootlarni vayron qildi va bu bilan shtat tarixidagi eng vayronkor yong‘inga aylandi.

Bungacha shtat tarixidagi eng vayronkori deb 2017-yili kuzatilgan Tubbs yong‘ini hisoblanardi. U 17 ming gektar maydonni qamrab olib, 5,5 mingdan ortiq imoratning vayron qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-11-2018, 10:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют