» » Tesla rahbari Kaliforniyadagi yong‘in jabrlanuvchilarini tashishda o‘z yordamini taklif qildi

Tesla rahbari Kaliforniyadagi yong‘in jabrlanuvchilarini tashishda o‘z yordamini taklif qildi


Amerikalik milliarder va Tesla rahbari Ilon Mask Kaliforniya tarixidagi eng yirik yong‘indan jabr ko‘rganlarni tashishda o‘z yordamini taklif qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Agar Tesla Kaliforniyadagi odamlarga yordam bera olsa, bu haqda bizga bildiring. S va X avtomobil modellari shifoxona turkumidagi HEPA filtrlari bilan ta’minlangan. Odamlarni tashishda qo‘l kelishi mumkin”, — deb yozdi Mask Twitter’dagi sahifasida.

Kaliforniya shimolidagi Camp o‘rmon yong‘inlari 8-noyabr, payshanba kuni boshlangan edi, hozirgacha ushbu tabiiy ofat oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘lgan. Olov 36 ming gektardan ziyod maydonni qamrab olgan bo‘lib, 7 mingdan ortiq inshootlarni vayron qildi va bu bilan shtat tarixidagi eng vayronkor yong‘inga aylandi.

Bungacha shtat tarixidagi eng vayronkori deb 2017-yili kuzatilgan Tubbs yong‘ini hisoblanardi. U 17 ming gektar maydonni qamrab olib, 5,5 mingdan ortiq imoratning vayron qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-11-2018, 19:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 142) ( 0) ( 141) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют