» » O‘zbekiston madrasalarida qabul imtihonlari o‘tkaziladigan kunlar belgilandi

O‘zbekiston madrasalarida qabul imtihonlari o‘tkaziladigan kunlar belgilandi


O‘zbekistondagi madrasalarda qabul imtihonlarini o‘tkazish kunlari belgilandi, deya xabar bermoqda Musulmonlar idorasi Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalarida qabul imtihonlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, quyidagi hududlardagi ochiq maydonlarda o‘tkaziladi:

“Muhammad Al-Beruniy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun “Turon” markaziy stadioni – Qoraqalpog‘iston, Nukus shahri;

“Sayyid Muhyiddin Maxdum” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi asosiy stadioni 1A-binosida – Andijon shahar, 3-kichik daha, Mashrab ko‘chasi;

“Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun Navbahor-umid stadioni – Namangan shahri, 5-kichik tuman;

“Xoja Buxoriy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun “Nasaf” futbol klubi mashg‘ulotlar maydoni – Qarshi shahar, Mustaqillik shoh ko‘chasi 5-uy;

“Mir Arab” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun Buxoro sport majmuasi stadioni – Buxoro shahar, Ibrohim Mo‘minov ko‘chasi 9-uy, “Dilkusho” tennis stadioni – Buxoro shahar, Islom Karimov ko‘chasi 24-uy;

“Jo‘ybori Kalon” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun Buxoro sport majmuasi stadioni – Buxoro shahar, Ibrohim Mo‘minov ko‘chasi 9-uy, “Dilkusho” tennis stadioni – Buxoro shahar, Islom Karimov ko‘chasi 24-uy;

“Faxriddiy ar-Roziy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun Xorazm sport majmuasi – Urganch shahar, Baynalmilal ko‘chasi 18-uy;

“Imom Termiziy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun “Surxon” sport majmuasi zaxira futbol maydoni – Termiz shahri, A.Navoiy ko‘chasi, 43-B uy;

Qoraqalpog‘iston va viloyatlarda joylashgan ta’lim muassasalari bo‘yicha test sinovlari 2020-yil 16-sentabr kuni soat 17:00da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari o‘tkaziladigan hududlarga soat 15:30 da pasport va DTM ruxsatnomasi bilan kelishlari talab etiladi.

“Ko‘kaldosh” va “Xadichai Kubro” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun Toshkent shahar, Talabalar shaharchasi — mo‘ljal “Beruniy” metro bekati.

Mazkur ta’lim muassasalari bo‘yicha test sinovlari 2020-yil 17-sentabr kuni 1-smena bo‘yicha soat 08:00 da, 2-smena bo‘yicha 17:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari o‘tkaziladigan hududlarga soat 1-smena bo‘yicha soat 06:00 da, 2-smena bo‘yicha 15:00 da pasport va DTM ruxsatnomasi bilan kelishlari talab etiladi. Mazkur hujjatlardan biri bo‘lmagan taqdirda abituriyent test sinovlariga kiritilmaydi. Shuningdek, abituriyentning qaysi smenada test sinovlari topshirishi DTM ruxsatnomasida ko‘rsatib o‘tilgan.

Abituriyentlar karantin talablaridan kelib chiqqan holda quyidagi tartibda test sinovlariga kiritiladi:

Idora xabarida DTM ruxsatnomasini qay tartibda olish bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi ta’kidlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 10:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют