» » Habibulla Nizomov AQShga borgani va qaytolmagani sababini ma’lum qildi (video)

Habibulla Nizomov AQShga borgani va qaytolmagani sababini ma’lum qildi (video)


Karantin tufayli AQShda qolib ketgan sport ustasi va aktyor Habibulla Nizomov “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Onlayn bo‘lib o‘tgan ushbu intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Suhbat davomida Habibulla Nizomov AQShga nima uchun borgani va nega qaytmayotganiga oydinlik kiritdi.

Men o‘zi bu yerga Arnold Classic musobaqasiga kelgandim. Aslida bolalar bilan birga kelmoqchi edik. Jamoamiz 21 kishi edi — 21 kishidan 4 kishigagina viza berildi. Qolganlar kelolmaydigan bo‘ldi. 4 kishidan ikkitasi “o‘zimning hisobimdan bo‘lsa, bormayman”, dedi. Bir kishi rossiyalik sportchilar bilan boraman, dedi. Men bir o‘zim keldim, bitta mastresting degan musobaqa bor: tayoq tortish, xalq o‘yinlaridan kelib chiqqan. O‘sha sport turida birinchi marta qatnashdim. 19 kunda qaytishim kerak edi, qaytaman deganimda 16-kuni yo‘l yopildi. Nasibamiz shu yerda ekan, shu yerlarda yuribmiz.

Ketmayotganimning  sababi O‘zbekistondagi hozirgi holat. O‘zingizga ma’lum, chetdan boramiz, shunga kasallik tashuvchi bo‘lib qolmay dedim. Shu balo-qazolar tezroq yo‘qolsin, keyin bemalol, hech qanaqa qonunni buzmasdan boraman. (Kulib) Hali vizam ham tugamagan, bemalol yurib olay, yana qachon kelaman.

Habibulla Nizomov, sport ustasi, aktyor

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 11:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют