» » O‘zbekistonda Yoshlar ishlari agentligining qarorlari barcha uchun bajarilishi majburiy etib belgilandi

O‘zbekistonda Yoshlar ishlari agentligining qarorlari barcha uchun bajarilishi majburiy etib belgilandi


Vazirlar Mahkamasi qarori bilan O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Adliya vazirligi nizomdagi muhim jihatlarni sanab o‘tdi.

Nizomga ko‘ra, agentlikning qabul qilgan qarorlari davlat organlari, boshqa tashkilot va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar uchun bajarilishi majburiy hisoblanadi.

Agentlik yuridik shaxs hisoblanib, o‘z nomi yozilgan va davlat gerbi tasviri tushirilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy g‘azna va bank hisob varaqlariga ega bo‘ladi.

Agentlik tizimiga agentlikning markaziy apparati, hududiy bo‘linmalari, Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti, “Yoshlar media xoldingi” AJ kiradi. Hududiy bo‘linmalar (tumanlar va shaharlar bo‘limlari bundan mustasno) yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yuritadi.

Agentlikning asosiy vazifalaridan biri – yoshlar bilan bog‘liq soha va yo‘nalishlarda yagona davlat siyosatini, strategik yo‘nalishlar va davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Yoshlar ishlari agentligi 2020-yil 30-iyunda tashkil etilgan. Unga Alisher Sa’dullayev direktor etib tayinlangan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 13:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют