» » Olimlar qidiruv so‘rovlari va bo‘lajak koronavirus o‘choqlari o‘rtasida bog‘liqlik borligini aniqladi

Olimlar qidiruv so‘rovlari va bo‘lajak koronavirus o‘choqlari o‘rtasida bog‘liqlik borligini aniqladi


Google qidiruv tizimida oshqozon-ichak trakti kasalliklari va ishtaha yo‘qolishi haqida ma’lumotlar so‘rovining oshishi kelajakda koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bevosita bog‘liq. Bloomberg’ning yozishicha, Massachusets umumiy kasalxonasi tadqiqotchilari shunday xulosaga kelgan.

Shifokorlar AQShning 15 shtatida internet foydalanuvchilarining 20-yanvardan 20-aprelgacha ta’m bilish va ishtaha yo‘qolishi, diareya kabi alomatlarga qiziqishini o‘rgangan. Ma’lum bo‘lishicha, ularning ko‘pchiligida aholining qidiruv so‘rovlari oshganidan 3-4 hafta o‘tgach COVID-19 epidemiyasi sodir bo‘lgan.

Bunday so‘rovlar ayniqsa Nyu-York, Nyu-Jersi, Kaliforniya, Massachusets va Illinoys alohisi orasida bunday qidiruvlar ko‘p bo‘lgan — oxir oqibat ularning barchasi AQShda infeksiyaga eng ko‘p chalingan shtatlar qatoridan o‘rin olgan.

Olimlarning fikricha, foydalanuvchilarning ichak muammolariga bo‘lgan qiziqishining ortishi kelajakdagi koronavirus infeksiyasi epidemiyasi o‘chog‘ining xabarchisi bo‘lishi mumkin.

Bloomberg’ning yozishicha, shunga o‘xshash yondashuvdan 10 yillar avval cho‘chqa grippi tarqalishini monitoring qilishda ham foydalanilgan. Tadqiqot mualliflaridan biri bo‘lgan gastroenterolog Kayl Staller Google Trends servisi pandemiyani bashorat qilish uchun qimmatli vosita bo‘lishi mumkinligini aytgan.

Bahorda Google koronavirus tarqalishi davrida odamlarning u joydan bu joyga borishini kuzatadigan servis yaratgandi. U 131 mamlakatda ishlay boshladi va dunyoning eng ko‘p tashrif buyuriladigan joylarini ko‘rsatadi.

Shundan so‘ng, korporatsiya koronavirus bilan kasallangan odamlar bilan kontakda bo‘lganlarni nazorat qilish texnologiyasini yaratish uchun Apple bilan birlashdi. Ushbu servis COVID-19 tasdiqlagan fuqarolarga so‘nggi kunlarda ular bilan muloqotda bo‘lganlarga xabarnoma yuborish imkoniyatini beradi deb taxmin qilingan.

JSST ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon kasallikka chalinganlar soni 28,6 million kishiga yetgan. Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida esa ushbu ko‘rsatkich 28,8 million kishini tashkil etmoqda. Kasallarning chorak qismi AQSh hisobiga to‘g‘ri kelyapti — 6,5 million. Uning ortidan Hindiston (4,7 million) va Braziliya (4,3 million) o‘rin olgan.

Tashkilot bosh direktori Tedros Gebreyesus koronavirus pandemiyasi oxirgi pandemiya emasligini ma’lum qildi.  Uning aytishicha, dunyo COVID-19 bilan bog‘liq vaziyatdan xulosa chiqarishi va yangi pandemiyalarga tayyorlanishi kerak.

Mavzuga doir: Apple va Google koronavirus tarqalishini kuzatuvchi mobil ilova to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan bo‘lishdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 15:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 1) ( 95) ( 1)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...