» » Mourinyo va Gvardiola milliarder, boshqalar esa millioner. Songgi 10 yillikda top-murabbiylar transferlar uchun qancha sarflagan?

Mourinyo va Gvardiola milliarder, boshqalar esa millioner. Songgi 10 yillikda top-murabbiylar transferlar uchun qancha sarflagan?


XXI asrning ikkinchi on yilligi haddan ziyod qimmat transferlarga boy boldi. Tabiiyki, bunda murabbiylarning orni muhim ahamiyat kasb etadi. Axir eng yaxshi murabbiy oz jamoasida eng yaxshi futbolchilarni korishni istaydi. Demak, quyida songgi 10 yil ichida transferlar uchun kosmik mablaglar sarflagan (barcha jamoalardagi faoliyati) top-darajadagi murabbiylar haqida soz boradi.

ErnestoValverde 808,26 million yevro

Royxatni Barselona sobiq bosh murabbiyiErnestoValverdeochib beradi. U ikki yarim yillik faoliyati davomida uchta yirik transferni amalga oshirgan. 2017-yil avgust oyida UsmonDembele(138 million yevroga), 2018- yil yanvardaFilippeKoutinyo(145 million yevroga), 2019-yil iyulda esaAntuanGrizmann(120 million yevroga). Songgi on yil ichida murabbiyga 36 nafar futbolchi sotib olib berilgan, ulardan 33 nafari esa jami 405,26 million yevroga tushgan (har bir transfer uchun ortacha 12,28 million yevro).

Bu vaqt ichidaErnestoBarselona bilan tortta, Olimpiakos bilan uchta, Atletik bilan esa bitta sovringa ega chiqqan.

AntonioKonte 855,2 million yevro

Italiyalik murabbiyErnestoValverdegaqaraganda, biroz koproq mablag sarflagan va ikki baravar kop futbolchilarni yiggan (73).Kontening40 million yevrodan qimmatroq faqat ikki nafar oyinchisi bor Morata(66 million yevro) vaLukaku(74 million yevro).KonteYuventus bilan beshta, Chelsi bilan ikkita sovrin qolga kiritgan. Inter bilan esa otgan mavsumda muvaffaqiyatga yaqin edi, ammo yakundabaribirmarraga yetib bora olmadi.

KarloAnchelotti 969 million yevro

Anchelottixaridlarining aksariyati 2540 million yevro narx oraligida bolib, uning eng qimmat transferlar uchligiga quyidagilar kiradi:GaretBeyl(101 million yevro),XamesRodriges(75 million yevro),FernandoTorres(58,5 million yevro). 10 yil ichidaAnchelottiga44 nafar futbolchini olib berishgan. U faqatgina Napoli va Everton (hozircha) bilan sovrin yuta olmagan. Chelsi, PSJ, Real va Bavariya bilan esa kamida bittadan kubok qolga kiritgan.

DiyegoSimeone981,83 million yevro

Argentinalik mutaxassis Atletikoni2011-yildan beri boshqaradi, shu bois uning ushbu yillikdagi deyarli barcha transferlari (979,06 million yevro) Madrid klubida amalga oshirilgan.Simeoneumumiy hisobda 57 futbolchini sotib olgan, biroq ularning faqat bir nafarigina 100 million yevrodan oshgan JoauFeliks(126 million yevro). Matraschilar bosh murabbiyi Ispaniyada qolga kiritish mumkin bolgan barcha sovrinlarga ega chiqqan. Ammo unga hamon Chempionlar Ligasi bosh sovrini nasib etmayapti.

MassimilianoAllegri1,03 milliard yevro

Allegriushbu asrning ikkinchi on yilligida oz tarkibini kuchaytirish uchun bir milliard yevrodan koproq mablag sarflagan dunyodagi uch murabbiydan biri. Italiyalik mutaxassis sotib olingan futbolchilar soni boyicha ham yetakchi hisoblanadi (84).Allegriuchun eng katta transferlar Yuventusda amalga oshirilgan:Ronaldu(117 million yevro) vaIguain(90 million yevro). Uning Milandagieng katta xaridiIbragimovichbolgan. RossoneriIbraniAllegrigaolib berish uchun atigi 24 million yevroga sarflagan.

AllegrihamSimeonesingari Chempionlar Ligasida golib chiqmagan, biroq Yuventus bilan 11 ta, Milan bilan esa 2 ta sovringa ega chiqqan.

JozeMourinyo1,07 milliard yevro

Mourinyoningbeshta eng katta transferi ManchesterYunaytedda amalga oshgan. Bular:Pogba(105 million yevro),Lukaku(84,7 million yevro),Fred(59 million yevro),Matich(44,7 million yevro),Mxitaryan(42 millionevro). Ammo har doim ham qimmat transferlar va sovrinlar ortasida muvozanat bolavermaydi. Ajoyib moliyaviy imkoniyatlarga qaramay,MourinyoManchesterda faqat Angliya Superkubogi, Liga Kubogi va Yevropa Ligasida golib bolgan. Shuningdek, portugaliyalik mutaxassisning hisobida Chelsi bilan ikkita, Real bilan uchta sovrin bor.

XosepGvardiola1,12 milliard yevro

ManchesterSitidagitort yili davomidaGvardiolayangi futbolchilar uchun 781,41 million yevro sarflagan, ammo uning biron bir xaridi 100 million yevrodan oshmagan. Uning eng qimmat transferi 70 million yevroga xarid qilinganRodrihisoblanadi.

Sovrinlar borasida esaGvardioladahammasi joyida. U 2010/2011-yilgi mavsumdan boshlab Barselona va Bavariyada yettitadan, ManchesterSitida esa sakkizta kubokka ega chiqqan.

Boshqa maqolalar:



Manba: Daryo.uz
: admin (14-09-2020, 16:10)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
:
-
:
20 ... -