» » Futbol tarixidagi eng qimmat 4 transfer: Fransiya va braziliyalik futbolchilar davri

Futbol tarixidagi eng qimmat 4 transfer: Fransiya va braziliyalik futbolchilar davri


Kataloniyaning “Barselona” klubi safiga borib qo‘shilgan braziliyalik Filippe Koutinyo futbol tarixidagi eng qimmat ikkinchi futbolchiga aylanib oldi.

Qiziq tarafi, transfer oynasining eng qimmat xaridlari uchligida “Barselona” nomini uchratish mumkin. Neymarni “PSJ”ga 222 million yevroga sotgan kataloniyaliklar, keyinroq Usmon Dembelega Pol Pogbaning narxini to‘ladi, ko‘p o‘tmay, “Liverpul”dan Koutinyoni qo‘shimcha 40 millionlik bonusi bor bo‘lgan 120 million yevroga sotib oldi.

Suratda eng qimmat futbolchilar narxi Britaniya funtida ko‘rsatib o‘tilgan. Ayni vaqtda 1 funt starling 1,12 yevroga teng. Mana shu to‘rt futbolchidan ikki eng qimmati braziliyalik, qolgan ikki kishi esa fransiyalik.

O‘z vaqtida Garet Beyl “Real” uchun 100,8 million yevroga tushgandi. “Qirollik klubi” Krishtianu Ronalduni 94 millionga xarid qilgandi. O‘ntalikdan, shuningdek, 90 millionlik Gonsalo Iguain, o‘z vaqtida “Barselona” uchun 86,2 millionga tushgan Neymar, 84,8 millionlik Romelu Lukaku hamda 84,5 millionlik Virjil van Deyk joy olgan.

Voqealar rivoji shu taqlid davom etib, Neymar “Real” libosini kiyadigan bo‘lsa, kuchli 10 talikda bir futbolchi nomi uch bor qayd etilishi ham katta ehtimol.

Опубликовано: admin (8-01-2018, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 31) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют