» » “Barselona” Usman Dembeleni 105 million yevroga xarid qilib, unga Neymar raqamini berdi

“Barselona” Usman Dembeleni 105 million yevroga xarid qilib, unga Neymar raqamini berdi


Kataloniyaning “Barselona” klubi va nihoyat Usman Dembeleni xarid qildi. Buning uchun ispan klubi Dortmund “Borussiya”si hisob raqamiga 105 million yevro o‘tkazib berdi. Qo‘shimchasiga, Dembele yangi klubida o‘zini ko‘rsatishiga qarab, transfer summasining 40 foizigacha “Borussiya”ga yana foyda keltirishi mumkin.

20 yoshli fransiyalik futbolchi “Barselona” bilan 5 yillik kelishuvga erishdi. Endilikda uning tovon puli 400 million yevroni tashkil qiladi.

“Barselona” rasmiy saytining xabar berishicha, Dembele 27-avgust — yakshanba kuni Ispaniyaga yetib keladi va dushanba kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tadi, so‘ng shartnomaga rasman imzo chekadi.

“Borussiya Dortmund” o‘tgan mavsum avvalida Dembeleni 15 million yevroga xarid qilgandi. Bitta mavsum davomida futbolchi Bundesliga klubi uchun 50 ta o‘yinda maydonga tushdi va 10 ta gol urdi. Shuningdek, 22 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Dembele “Barselona”da Neymar bo‘sh qoldirgan 11-raqamda harakat qiladi.

Le T?l?gramme nashrining ma’lumot berishicha, Dembeleni 1 yil muqaddam Bundesliga vakiliga pullagan Fransiyaning “Renn” klubi endi eng kamida yana 25 million yevro ishlab oladi. Boisi fransiyaliklar futbolchining ehtimoliy yangi transferidan tushadigan puldan foiz oluvchi kelishuvga erishgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-08-2017, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 108) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют