» » Gvardiolaning muvaffaqiyati nimada? U transfer oynasida hozirgacha salkam 1 milliard sarfladi

Gvardiolaning muvaffaqiyati nimada? U transfer oynasida hozirgacha salkam 1 milliard sarfladi


Xosep Gvardiola murabbiylik faoliyati davomida transfer bozorida 1 milliard yevroga yaqin pul sarflagani bilan statistiklar e’tiboriga tushdi. Marca nashrining yozishicha, mutaxassis o‘zi ishlagan uch klub rahbariyatidan jami 998,4 million yevrolik futbolchilarni olib berishni talab qilgan.

Gvardiolaning eng qimmat transferi muvaffaqiyatsiz ekani bilan ajralib turadi — Zlatan Ibrahimovich. Shved futbolchisi “Barselona” uchun 69,5 millionga tushgandi. Keyin esa o‘zaro kelishmovchiliklar sabab Zlatan Kataloniya klubini tark etdi.

O‘tgan hafta “Manchester Siti” Pep uchun “Monako”dan himoyachi Mendini 57 millionga oldi. Shu vaqtga qadar yulduz himoyachilar ham bunday katta narxga sotilmagandi. Natijada Mendi himoya pozitsiyasidagilar rekordini o‘rnatdi.

Statistikaning aniqlik kiritishicha, Gvardiola “Barselona”da ishlagan vaqtida jami 341,5 million yevrolik futbolchilarni sotib olgan. Bu ko‘rsatkich “Bavariya”da 203,9 millionni tashkil qilgan, “Manchester Siti”da esa ikkinchi yil boshlanmay turib, 453 millionga aylanib ulgurdi.

Myunxenning “Bavariya” klubi tarixida hech bir mutaxassis futbolchilar uchun Xosep Gvardiola kabi ko‘p pul sarflamagan.

“Championat.asia” saytining yozishicha, murabbiylik faoliyatini boshlaganiga 10 yil ham to‘lmagan Gvardiola sarf etgan pulga oddiyroq klubni sotib olib, uni bemalol top jamoaga aylantirish mumkin edi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (28-07-2017, 19:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют