» » Huawei’ning hamyonbop nova 8 flagmani 120 gerts chastotali OLED-ekranga ega bo‘ladi

Huawei’ning hamyonbop nova 8 flagmani 120 gerts chastotali OLED-ekranga ega bo‘ladi


Huawei’da o‘z manbalariga ega xitoylik insayder kompaniya tomonidan yaratilgan yangi smartfonning “jonli” suratlari bilan bo‘lishdi, deb xabar beradi IXBT.

Nova 8 nomini olgan smartfonga OLED-ekran o‘rnatilgan. Uning diagonali va piksellar soni haqida ma’lumot yo‘q, biroq kadrlar chastotasi ma’lum — 120 gerts. Shuningdek, ikkitalik forontal kamera o‘rni va displey yonlari egilganini ko‘rish mumkin. Shu sababli nova 8 modeli kamida Huawei P40 Pro’ga o‘xshash bo‘ladi.

Insayderning ma’lum qilishicha, Huawei hozirda nova 7’ni ishlab chiqarish hajmini kamaytirgan, bu esa nova 8 modeli yaqin orada taqdim etilishidan darak beradi. Taxminlarga ko‘ra, mazkur seriya tarkibidan nova 8 SE, nova 8 va nova 8 Pro o‘rin olishi mumkin. Manba ushbu smartfonlarga qanday protsessorlar o‘rnatilishiga ham aniqlik kiritmagan. Aftidan qurilmalar SoC MediaTek seriyasidagi Dimensity 800 yoki Dimensity 1000’ga ega bo‘ladi.

Avvalroq Huawei smartfon-kalit, akkumulyator va USB-portga ega “aqlli” chamadon taqdim etgani, tez orada noodatiy ikkinchi ekranga ega smartfon ishlab chiqarishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 16:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 114) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют