» » Markaziy bank rahbari: “Banklar yaqinda oltin yombilarini sotishni boshlaydi”

Markaziy bank rahbari: “Banklar yaqinda oltin yombilarini sotishni boshlaydi”


O‘zbekiston Markaziy banki yaqinda oltin va kumush tangalarni yana muomalaga chiqarishni boshlaydi. “Gazeta.uz”ning xabar berishicha, bu haqda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurotov 10-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda Markaziy bank yangi tangalar dizayni va mavzusi (tematikasi) bilan, shuningdek, uning numizmatik qiymatini oshirish ustida ishlamoqda. Bundan tashqari, kelajakda tangalar turli o‘lchamlarda bo‘ladi.

“Shuningdek, oltin yombilarini sotuvga chiqarish ishlari olib borilmoqda. [Aniq sanasini ayta olmayman], ammo tez orada biz banklar orqali sotuvni boshlaymiz”, — degan Mamarizo Nurmurotov.

Banklar oltin yombilari sotishni boshlashi haqida iyul oyida ma’lum bo‘lgandi. Yombilarni ishlab chiqarish tangalar kabi Markaziy bank tomonidan, ularni sotish esa tijorat banklari orqali amalga oshiriladi.

Har bir yombi sertifikati identifikatsiya seriya raqamiga ega bo‘ladi va ushbu raqam yombining yuza qismida ko‘rsatiladi. Qalbakilashtirish alomatlari aniqlangan hollarda yombilar Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiriladi. Ushbu yombilar egalariga qaytarib berilmaydi va qaytarib sotib olinmaydi.

Yombilar narxlari xalqaro qimmatbaho metallar bozori konyunkturasi, so‘mning AQSh dollariga nisbatan kursi, shuningdek, Markaziy bankning marja va chegirmasidan kelib chiqqan holda har kuni Markaziy bank boshqaruvi tomonidan belgilanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning noyabr oyida Markaziy bank oltin va kumush esdalik tangalarni sotuvga chiqarishni boshlagan edi. O‘shanda 1900 dona oltin va 6900 dona kumush tanga sotuvga chiqarilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 18:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют