» » Nima sababdan hozir iPhone 11 sotib olmagan ma’qul?

Nima sababdan hozir iPhone 11 sotib olmagan ma’qul?


Apple kompaniyasi iPhone 12 lineykasi taqdimotidan keyin iPhone 11 va iPhone SE2 modellarini savdodan olib tashlamaydi. Aksincha, ularning narxini tushirib, u qadar qimmat bo‘lmagan modellar sifatida qoldiradi, deb xabar beradi MyDrivers.

Hozirda 64 gigabaytli iPhone 11 uchun tavsiya etilgan narx 799 dollar, ayrim do‘konlarda hatto bundan ham arzon sotilmoqda. Yangi model anonsidan keyin uning narxi kamida 20 foizga tushib ketishi kerak. Bu kabi vaziyat iPhone SE 2’da ham kuzatilgan.

Mish-mishlarga ko‘ra, Apple 2020-yilda nafaqat 5G aloqa tarmog‘ini qo‘llab quvvatlaydigan ilk smartfonlarni taqdim etadi, balki bazaviy ekrani 5,4 dyuymga teng va faqat 4G’da ishlovchi iPhone 12 versiyasini 549 dollar evaziga sotuvga chiqaradi. Uning ekranini 6,1 dyuymga qadar ko‘tarish esa narxning 649 dollar bo‘lishiga olib keladi. Ma’lumot uchun, 2019-yilda eng arzon iPhone 11 narxi 699 dollarni tashkil etgan.

Kompaniya o‘z iPhone’larining 2020-yilgi taqdimotini 15-sentabrga rejalashtirgan.

Avvalroq iPhone 12 modeli kameralarining texnik tavsiflari to‘g‘risida ma’lumot berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 19:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют