» » Farg‘ona va Andijon viloyatidan 10 599 nafar abituriyent OTMlarga kirish imtihonlarida qatnashmadi

Farg‘ona va Andijon viloyatidan 10 599 nafar abituriyent OTMlarga kirish imtihonlarida qatnashmadi


Farg‘ona va Andijon viloyatlarida OTMlarga qabul uchun test sinovlari yakunlandi. Bu haqda xabar bergan “Daryo” muxbirlarining yozishicha, ikki viloyatdan OTMlarga hujjat topshirgan abituriyentlarning 10 599 nafari turli sabablarga ko‘ra imtihonlarda qatnashmagan.

Qayd etilishicha, Farg‘onada oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan 122 ming 729 nafar abituriyentning 117 ming 424 nafari test sinovlarida ishtirok etgan. 6 nafar abituriyent tana harorati yuqori bo‘lganligi uchun test sinovlariga kiritilmagan. 94 nafar abituriyent esa imtihonga uyali telefon, qo‘lbola elektron qurilma yoki “shpargalka” olib kirishga uringani uchun test sinovidan chetlashtirilgan.

Andijonda o‘tkazilgan test sinovlarida esa 5294 nafar abituriyent qatnashmagan. Qoidalarni buzgan 116 nafar abituriyent sinovlardan chetlashtirilgan. Bu haqda “Daryo”ga xabar bergan Davlat test markazi Andijon viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi Rustamjon Azimovning aytishicha, test topshirishi belgilangan 96 738 nafar abituriyentdan 91 444 nafari testda ishtirok etgan. Hujjat topshirgan 5294 nafar abituriyent noma’lum sabablarga ko‘ra test sinovlariga kelmagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston OTMlariga kirish imtihonlari uchun ro‘yxatdan o‘tgan 1 304 194 nafar abituriyentdan 63 580 nafari, ya’ni 4,9 foiz abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlarida qatnashmagan. 90 nafar abituriyent tana harorati yuqoriligi sababli test sinovlariga kiritilmagan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 10:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют