» » O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan imtihonlarning 1-smenasida 37 nafar abituriyent testdan chetlashtirildi

O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan imtihonlarning 1-smenasida 37 nafar abituriyent testdan chetlashtirildi


AOKAda o‘tayotgan brifingda test sinovlarining 1-kuni 1-smenasidagi holat bo‘yicha DTM direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov ma’lumot berib o‘tdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

1-smenada 59250 nafar abituriyent test topshirishi rejalashtirilgan edi. Shundan 55767 nafari ishtirok etdi. 3474 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra testga kelmagan.

1 nafar abituriyentning tana harorati baland bo‘lganligi uchun testga kiritilmadi va dalolatnoma tuzilgan.

8 nafar abituriyent kirish joyida test sinovlaridan chetlashtirilgan. Xususan, ularning 4 nafari telefon, 1 nafari shpargalka, 2 nafari boshqa abituriyent o‘rniga kirmoqchi bo‘lgan, 1 nafari hujjatni soxtalashtirgani uchun chetlashtirilgan.

Test sinovlari jarayonlarida tartib-qoidani buzganligi uchun 29 nafar abituriyent testdan chetlashtirilgan. Jumladan, ularning 26 nafari telefon va boshqa turli elektron vositalardan foydalangani uchun, 1 nafari shpargalka, 1 nafari kalkulyator va 1 nafari soxta hujjat bilan testga kirgani uchun chetlashtirilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 16:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют