» » OTMlar sirtqi ta’lim shakliga kirish sinovlarining ikkinchi kunida 40 ming abituriyent ishtirok etdi

OTMlar sirtqi ta’lim shakliga kirish sinovlarining ikkinchi kunida 40 ming abituriyent ishtirok etdi


Sirtqi ta’lim shakliga kirish test sinovlarining ikkinchi kunida 24 ta oliy ta’lim muassasasining 52 ta ta’lim yo‘nalishida 39 ming 665 nafar abituriyent ishtirok etdi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi.

Turli sabablarga ko‘ra 2569 nafar abituriyent test sinovlariga kelmadi.

18-avgust kuni test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 110 nafar abituriyent, shundan 35 nafari hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirish va o‘zgani o‘rniga kirish, 75 nafari bino ichida shpargalkadan foydalanish va boshqa abituriyentlarga yordam berishga uringanligi uchun imtihonlardan chetlashtirildi.

Natijalarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan Davlat test markaziga qaytarish soat 18:30 dan boshlandi. So‘nggi materiallar Farg‘ona vodiysidan kechki 2:00 da yetib keldi.

Ikkinchi kungi test sinovlari natijalari 19-avgust kunning ikkinchi yarmida Davlat test markazi saytida e’lon qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2018, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 93) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют