» » O‘zbekistonda 7-avgust kungi test sinovlariga 1300 dan ortiq abituriyent kelmadi

O‘zbekistonda 7-avgust kungi test sinovlariga 1300 dan ortiq abituriyent kelmadi


O‘zbekistonda 7-avgust kun bo‘lib o‘tgan test sinovlarida 16 ta oliy ta’lim muassasasining 76 ta ta’lim yo‘nalishida 57 ming 804 nafar abituriyent ishtirok etdi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi.

Turli sabablarga ko‘ra 1317 nafar abituriyent imtihonlarga kelmadi.

Test sinovlari tartib-qoidalarini buzganligi sababli 163 nafar abituriyent, shundan 93 nafari hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirish va o‘zgani o‘rniga kirish, 70 nafari bino ichida shpargalkadan foydalanishga va boshqa abituriyentlarga yordam berishga uringanligi uchun imtihonlardan chetlashtirildi.

Test natijalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan Davlat test markaziga soat 18:30 dan qaytarish boshlandi. So‘nggi materiallar Farg‘ona vodiysidan kechasi soat 2:00da yetib keladi.

7-avgust kungi test natijalari 8-avgust kunning ikkinchi yarmida Davlat test markazi saytida e’lon qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2018, 08:27)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют