» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni rasman 48 ming kishidan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni rasman 48 ming kishidan oshdi


O‘zbekistonda 15-sentabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 48 192 kishiga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Shu bilan birga, yana ikki bemor koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgan — Yunusobod tumanida yashagan 63 yoshli erkak hamda Olmazor tumanida yashagan 42 yoshli ayol.

Ayni paytda mamlakatda 44 526 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro (92 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 3266 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 451 nafari og‘ir, 243 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 400 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 415 nafarga yetdi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 14-sentabr kuni 572 kishida koronavirus aniqlandi. Yetti bemor vafot etdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 11:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют