» » Qirg‘izistonning Toshkentdagi elchixonasida ochilgan Hamdardlik kitobiga qayd kiritildi

Qirg‘izistonning Toshkentdagi elchixonasida ochilgan Hamdardlik kitobiga qayd kiritildi


Toshkent shahridagi Qirg‘iziston Respublikasi elchixonasiga tashrif chog‘ida O‘zgan tumanida sodir bo‘lgan ko‘chki oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani hamda milliy motam kuni munosabati bilan ochilgan Hamdardlik kitobiga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi nomidan qayd kiritildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Elchixonaning Toshkent shahri, Niyozbek yo‘li ko‘chasi, 6-o‘tish yo‘li, 30-uyda joylashgan manzilida 30-aprel, yakshanba, soat 10:00 dan 17:00 gacha Hamdardlik kitobida yozuv qoldirish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zgan tumanidagi fojia munosabati bilan Almazbek Atambayevga hamdardlik bildirgandi.

30-aprel Qirg‘izistonda motam kuni deb e’lon qilingan.

Опубликовано: admin (30-04-2017, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют