WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Eldor Shomurodovning “Rostov”dagi golsiz o‘yinlar seriyasi 16 ta uchrashuvga yetdi
Eldor Shomurodovning “Rostov”dagi golsiz o‘yinlar seriyasi 16 ta uchrashuvga yetdi
“Rostov” Rossiya chempionatining 7-turida “Lokomotiv” bilan durang o‘ynadi.
Donliklar safida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov mazkur uchrashuvda ham gol ura olmadi. Shu tariqa Eldorning golsiz seriyasi 16 ta o‘yinga yetdi. Shomurodov oxirgi marta 2019/20-yilgi mavsumning 20-turidan o‘rin olgan “Axmat”ga qarshi bahsda o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ygandi. Shundan so‘ng u ortda qolgan 16 turda (9 tasi o‘tgan mavsumda, 7 tasi esa joriy mavsumda) maydonni golsiz tark etdi.
“Rostov” ushbu natijadan so‘ng 11 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 7-o‘rinda bormoqda. Jamoa keyingi turda o‘z maydonida “Rotor”ni qabul qiladi.
Mavzuga doir: “Rostov” bosh murabbiyi Eldor Shomurodovning nima sababdan gol ura olmayotganini aytdi
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?
КТО НА САЙТЕ?
(
3)
(
0)
(
2)
(
1)





- отсутствуют
