» » NASA rahbari Venera atmosferasida fosfin aniqlanganini muhim hodisa, deb atadi

NASA rahbari Venera atmosferasida fosfin aniqlanganini muhim hodisa, deb atadi


Venera atmosferasida fosfinning (ayrim tirik organizmlar tomonidan ishlab chiqariladigan gaz) aniqlanishi gipotetik jihatdan yerdan boshqa sayyoralarda hayot borligini qidirish uchun ketgan barcha davrlar ichida eng muhim hodisa hisoblanadi. Bu haqda NASA rahbari Jim Braydenstayn o‘zining Twitter’dagi sahifasiga yozib qoldirdi.

“Venerada hayot? Anaerob biologiyaga oid fosfinning aniqlanishi, Yerdan tashqarida ham hayot mavjudligi to‘g‘risidagi fikrlarni yoqlash uchun eng muhim hodisa hisoblanadi”, — deb yozadi Braydenstayn.

14-iyun kuni Massachusets va Kardiff astronomlari Venera atmosferasida fosfin mavjudligi aniqlangan tadqiqot natijalarini Nature Astronomy jurnalida chop etgandi. Tadqiqotda ta’kidlanishicha, fosfin potensial hayot alomatlaridan dalolat beruvchi muhim birikmalardan biri hisoblanadi.

Mutaxassislar Venera atmosferasini Gavayi orolidagi Jeyms Klark Maksvel (JCMT) va Chilidagi ALMA radioteleskoplari yordamida tadqiq etgan.

Odatiy sharoitda Yerda fosfin rangsiz zaharli gaz ko‘rinishida mavjud. Yerda u anaeroblar — kislorod kerak bo‘lmaydigan mikroorganizmlar tomonidan ishlab chiqariladi.

Yer atmosferasida fosfin atropogen faoliyat va anaerob organizmlarning hayot tarzi sabab paydo bo‘ladi, ular safiga bakteriyalar, zamburug‘lar, suv o‘tlari va chuvalchanglar kiradi.

Eslatib o‘tamiz, 2015-yilda Yaponiya aerokoinot tadqiqotlari agentligining (JAXA) “Akatsuki” zondi Venera atrofidagi barqaror orbitaga chiqqan edi.

Mavzuga doir: “Akatsuki” zondi Veneraning chiroyli “rangli” suratlarini oldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 20:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют