» » Ibtidoiy odamlarning Versali. Lasko g‘oridagi qadimiy suratlar topilganiga 80 yil bo‘ldi

Ibtidoiy odamlarning Versali. Lasko g‘oridagi qadimiy suratlar topilganiga 80 yil bo‘ldi


Bundan 80 yil avval – 1940-yilning 12-sentabr kuni Fransiyada ilm-fan uchun muhim voqea sodir bo‘ldi. Bir nechta yosh bolalar hozirda o‘zining qoyatosh suratlari bilan mashhur Lasko g‘orini tasodifan ko‘rib qoldi. Bu esa tarixga Lasko g‘ori topilgan sana sifatida kirdi. “Daryo” bugungi maqolada Lasko g‘ori ajoyibotlari va uning topilish tarixi haqida hikoya qiladi.

Lasko g‘orining topilishi borasida bir qancha taxminlar ilgari suriladi. Ular ko‘pincha bir-biriga qarama qarshi keladi: it tomonidan topilgan, to‘p o‘yini paytida topilgan yoki ilgaridan ma’lum bo‘lgan izlanishlar natijasida topilgan. Nima bo‘lganda ham, bu ikki bosqichda, ya’ni 1940-yilning 8 va 12-sentabr kunlari amalga oshirilgan.

Eng ko‘p tarqalgan versiya esa quyidagicha: 1940-yilning 8-sentabr kuni Marsel Ravidat o‘rtoqlari Jan Klozel, Moris Keyrua va Luis Periyelar bilan Montinyak qishlog‘ida sayr qilib yurganida tasodifan g‘orning kirish qismiga duch kelib qoladi. Sayr vaqtida ularning iti Robot bir quyonni quvib ketadi va quyon bir tuynukka kirib ketadi.

Marsel esa quyonni chiqarish maqsadida tuynukka tosh tashlaydi, ammo shu payt tuynukning ichi ancha kengligi va u qandaydir bir yerosti yo‘liga ulangandek tasavvur paydo bo‘ladi. Bu yerdan 500 metr uzoqlikda Lasko qasri borligi sababli u qandaydir saroyga olib boruvchi yerosti yo‘li bo‘lsa kerak deb taxmin qilinadi. (“Le tr?sor de Lascaux d?couvert il y a 70 ans”, Ouest-France, no 664, 12 septembre 2010, p. 4 (interview de Georges Agniel).

Oradan to‘rt kun o‘tgach 12-sentabr kuni Marsel kerakli anjomlar bilan qurollanib tuynuk topilgan yerga boradi. Pichoq va moy lampalar bilan qurollangan Marselga bu safar Jorj Agniel, Simon Konkas, Jak Marsal, Jorj Estregilar hamrohlik qiladi. Yoshlar diametri 20 sm bo‘lgan tuynuk og‘zini kengaytirib, birinchi bor mazkur g‘orga kirishga muvaffaq bo‘ladi va u yerda ilk suratlarni topadi. Bir necha kunlik tashriflar va g‘ordagi quduqni topganlaridan keyin Jak Marsal uni changga belanib kelganini ko‘rgan ota-onasiga ushbu topilma haqida aytib beradi. Ular nafaqadagi o‘qituvchisi Leon Lavalga bu haqda xabar berishadi.

Ammo u buni hazilga yo‘yib g‘orga kirishga jazm etmaydi. Montinyakdagi mehmonxonalardan birida istiqomat qilayotgan Moris Taon ushbu topilma haqida eshitib g‘orga tushadi va u yerdan bir nechta hayvonlarning suratlarini oladi. U esa qadimgi dunyo tarixi bo‘yicha mutaxassis, nemislardan qochib kelgan Anri Breil bilan uchrashadi va bu haqda aytib beradi. Shunday qilib, 21-sentabr kuni Lasko g‘origa ilk mutaxassis abbat Anri Breil kanonik Jan Buysoni hamda doktor Andre Sheyniye hamrohligida g‘orga kiradi. Keyinchalik esa boshqa mutaxassislar ham g‘orga kirishga muvaffaq bo‘ladi.

G‘or haqida ilk ma’lumotlarni yozgan shaxs esa Anri Breil bo‘ldi. U 1940-yil oxiridan boshlab hisobotlar berdi va u yerdagi tasvirlarni o‘rganish maqsadida bir necha haftalab hududda qolib ketdi. G‘ordagi tasvirlarni u Yuqori paleolit davriga oidligini ilgari surdi va Gravet madaniyatiga taalluqli deb hisobladi.

1952-yildan 1963-yilgacha Breilning iltimosiga binoan Andre Glori tomonidan 120 metr kvadrat maydondagi qoyatosh rasmlarining fotosuratlari olindi. Ularda 1 433 ta tasvir jamlangan edi, bugungi kunda ularning soni 1 900 tani tashkil etadi. Keyinchalik parietal tasvirlar va ularning atrofi ham bir qator olimlar tomonidan o‘rganildi va o‘rganilmoqda. G‘or topilgan yiliyoq tarixiy obida sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi. G‘or joylashgan hudud ham keyinchalik tarixiy obyekt sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. 1979-yil oktabr oyida esa Vazer vodiysidagi boshqa g‘orlar singari Lasko ham UNESCO’ning ro‘yxatiga kiritildi.

G‘or qanday tuzilishga ega? Bu haqda bilish uchun Andre Lerua Guranning g‘or haqidagi tavsiflarini keltirib o‘tamiz.

Lasko g‘ori nisbatan kichik bo‘lib, barcha yo‘laklarning uzunligi 235 metrdan oshmaydi. Chuqurligi taxminan 30 metr. Asosiy kirish joyi qadimiy bo‘lib, zamonaviy himoya moslamalari bilan jihozlangan. G‘or an’anaviy tarzda xonalar va yo‘laklarga bo‘lingan. Bu esa uni tavsiflashga yordam beradi. Ularning nomlari Anri Breil tomonidan o‘ylab topilgan va biroz diniy arxitekturani yodga soladi.

Ularning nomlari quyidagicha:

Laskodan bunday tasvirlardan tashqari bir qator arxeologik buyumlar ham topilgan.

Bugungi kunda Lasko g‘ori omma uchun yopiq bo‘lib, undan bir necha yuz metr uzoqlikda xuddi o‘ziga o‘xshatib uning faksimilyesi yaratilgan. Tashrif buyuruvchilar aynan mana shu nusxalarga kirib, Laskoning eksponatlari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladi. Bunday faksimilyelarning birinchisi 1983-yil 18-iyulda ochilgan bo‘lib, Lasko 2 deb nomlanadi. Ushbu g‘orni tomosha qilish maqsadida har yili o‘rtacha 270 mingdan ortiq turist tashrif buyuradi. Undan tashqari Laskoning Lasko 3 va Lasko 4 deb nomlangan o‘xshashlari ham yaratildi.

Lasko g‘oridagi ushbu topilmalar tarixchilar uchun muhim kashfiyot bo‘lib, o‘sha davrdagi odamlar hayoti haqidagi tasavvurlarning shakllanishida yordamchi bo‘lib xizmat qiladi. Lasko o‘zining go‘zalligi tufayli qadimgi dunyoning Versali va Fransiya Altamirasi deb ham nomlanadi.

Jahongir Ostonov tayyorladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 22:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют