» » Farg‘onada “Agrobank” xodimi mijozlarning plastik kartalaridan 150 mln so‘mdan ortiq pul o‘g‘irlagani aniqlandi

Farg‘onada “Agrobank” xodimi mijozlarning plastik kartalaridan 150 mln so‘mdan ortiq pul o‘g‘irlagani aniqlandi


Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida mijozlarning plastik kartalaridan 150 million so‘mdan ortiq pul o‘g‘irlagan bank xodimi jazolandi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, mijozlarning plastik kartochkalari faoliyatini kuzatish imkoniga ega bo‘lgan “Agrobank”ning So‘x tuman filiali plastik kartalar sho‘basi 1-toifali mutaxassisi Javohir To‘rayev (ism-shariflari o‘zgartirilgan) 2017-yil mart oyidan 2019-yil noyabrigacha bank mijozlarining ish haqi, pensiya va nafaqalaridan iborat 150 million so‘mdan ortiq pullarni yashirin ravishda talon-toroj qilib, o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Xususan, tumanning Umbara qishlog‘ida yashovchi, “So‘x gidrotrans” MChJ haydovchisi Shohruh Ne’matilloyev uning o‘g‘riligidan eng ko‘p jabr chekkan. Bank xodimi 2019-yil 30-mart kuni bu mijozning plastik kartochkasida 2 yildan buyon yig‘ilib kelayotgan 37 383 877 so‘m pulini bir urinishda o‘g‘irlagan. Lekin keyinchalik 2019-yil iyun oyida plastik karta egasi bundan xabar topib, bank filiali boshqaruvchisiga murojaat qilgan. Javohir To‘rayev aybini tan olgan. Filial rahbari xodimga 10 kun muhlat bergan, ammo muammo muammoligicha qolavergan.

Shundan so‘ng filial boshqaruvchisining xabariga asosan mazkur holat yuzasidan “Agrobank”ning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan tekshirish o‘tkaziladi. Tekshirishda Javohir To‘rayevning 2017-mart oyidan 2019-yil iyul oyiga qadar jami 60 nafardan ortiq mijozning ish haqi, pensiya va nafaqalaridan iborat 102 060 937 so‘m pullarni talon-toroj qilgani aniqlanadi. To‘rayevning yaqinlari keltirilgan zararni qoplab beradi. Ammo bankning viloyat boshqarmasi ham, tuman filiali rahbarlari ham bu xususda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bermaydi. Aksincha u filialning kadrlar bo‘limiga ishga o‘tkaziladi.

Kadrlar bo‘limida ishlash jarayonida ham avvalgi qing‘ir ishini davom ettiradi va 2019-yil 5-noyabrga qadar u talon-toroj qilgan mablag‘lar 150 million so‘mdan oshib ketadi. Shundan keyingina jabrlanuvchilarning murojaati asosida Javohir To‘rayevga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (takroran o‘g‘rilik sodir etish) bilan aybdor deb topib, qonuniy jazoga hukm etilgan. Asosiy jazoga qo‘shimcha ravishda uning moliya-bank faoliyati bilan shug‘ullanishi va tizimga ishga joylashishi cheklangan. Aybdor tergov jarayonida o‘zi keltirgan zararlarni qoplagan.

Avvalroq Andijonda “Agrobank” xodimi 245 nafar o‘qituvchi nomidan 735 million so‘mlik soxta kredit rasmiylashtirgani aniqlangani, Namanganda qariyb 100 million so‘mni o‘zlashtirgan “Agrobank” xodimi va uning sherigi qo‘lga olingani, Jizzaxda 105 million so‘mni talon-toroj qilgan “Agrobank” mansabdorlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Termizda fermerlarning hisob raqamidagi pullarni talon-taroj qilgan sobiq bank xodimi qo‘lga olindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 01:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют