» » Toshkentda Respublika bolalar kutubxonasi binosi rekonstruksiya qilinmoqda

Toshkentda Respublika bolalar kutubxonasi binosi rekonstruksiya qilinmoqda


Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Respublika bolalar kutubxonasi binosini rekonstruksiya qilish bo‘yicha tasdiqlangan loyihani taqdim etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, XIX asrda qurilgan mazkur binoning yangilanishi va unda yangi ta’lim va madaniyat muassasasining tashkil etilishi jamg‘armaning O‘zbekistonda metsenatlik faoliyatini rivojlantirishdagi sa’y-harakatlari bilan amalga oshirildi. Madaniy meros obyektlarini saqlash, muhofaza qilish va ulardan foydalanishda metsenatlarni jalb qilish “Metsenatlik to‘g‘risida”gi qonunda nazarda tutilgan.

Loyiha Ludi Architects (Sankt-Peterburg) arxitektura byurosi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u kutubxonalar va kitob fondlari bilan ishlashga ixtisoslashgan. Me’morlarning fikriga ko‘ra, rejalashtirilgan rekonstruksiya ishlari ichki elementlar interyeriga va joylashuviga minimal darajada ta’sir qiladi. Shu bilan birga, kutubxonada 16 yoshgacha bo‘lgan bolajonlar uchun kovorking maydoni, laboratoriyalar, ma’ruzalar va mahorat darslari uchun ko‘chma zal tashkil etiladi.

“Loyiha bo‘yicha bolalar kutubxonasi texnologlari ham ish olib bormoqda, ular muassasaning tuzilishini jahon standartlariga javob beradigan darajaga olib chiqishda o‘z yordamlarini beradi. Ular kitob fondi ishlarini tashkil qilish, nazorat qilish va nashrlarni izlash tizimini yo‘lga qo‘yishadi, bunday nashrlardan 200 ming nusxasi mavjud bo‘lib, bu mintaqamizdagi bolalar kitoblarining eng yirik to‘plamidir. Bundan tashqari, kutubxona barcha inklyuziv talablarga javob beradigan qulayliklarga ega bo‘lishi rejalashtirilgan”, — deyiladi vazirlik xabarda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 08:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 66) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют