» » Insultning oldini olish uchun amal qilish kerak bolgan tavsiyalar

Insultning oldini olish uchun amal qilish kerak bolgan tavsiyalar


Insult xavfli kasalliklar orasida uchinchi orinni egallaydi. Afsuski,ushbu kasallikdan tuzalgan bemorlar oradan besh-olti yil otib, yana qayta kasallikka chalinish holati kuzatiladi.

Insult kasalligi tosatdan sodir bolmaydi

Balki bu yoshda insult haqida oylamaslik mumkindir, ammo 35-64 yoshdagi ayollar erkaklarga nisbatan 3 marta koproq ushbu kasallikka duch keladi. Statistika malumotlariga kora, 60 foiz insultga chalingan ayol bemorlarning hayoti olim bilan yakun topadi.

Aslida insultga chalingan organizmda nimalar sodir boladi? Avvalo, miyaning malum bir qismida qon aylanishi kamayadi yoki umuman toxtaydi. Bu qonda hosil bolgan tromblar miyada arteriya yoki kapillyarni tosib qoyadi yoki qon tomirlari miyada yorilib ketishi oqibatida kelib chiqadi. Ikkala holatda ham miyaning zararlangan qismidagi hujayralar kislorod olishni toxtatadi va olishni boshlaydi. Kopchilikda savol tugiladi, nima uchun ayollarda kasal bolish xavfi yuqori? Buning asosiy sabablaridan biri asosan, ortiqcha vazn. Ortiqcha vazn egalari uchun har qanday kasallikning xavfi bir necha bora oshadi. Shuning uchun ham har kim qon bosimi, xolesterin, qondagi qand miqdori va yurak urish tezligini kuzatib borishi juda muhimdir. Agar inson vaznining odatdagidan ortiqcha ekanligini sezsa, darhol shifokor bilan maslahatlashishi zarur. Agar korik natijalari insult xavfini tasdiqlasa, zudlik bilan turmush tarzini ozgartirish va davolanishni boshlash kerak. Darhaqiqat, insult belgilari bir necha yillar davomida shakllanishi mumkin. Bu davr mobaynida bemorlar salomatlikni tiklash uchun, albatta, ulgurishi kerak.

Miya uchun foydali mahsulotlarni istemol qilish kerak

Insultning oldini olishda har qanday oziq-ovqat dokonida hamyonbop narxda sotiladigan lavlagi eng samarali mahsulotlardan biri sanaladi. Ushbu sabzavot nitrit, qon bosimini pasaytiradigan moddalarga boy. Bazi mutaxassislar lavlagi miyada qon aylanishini yaxshilashi va qon tomirlarining osishini ragbatlantirishi mumkin, deb hisoblaydi. Shuning uchun ratsionga lavlagini kiritish va soglom ovqatlanish qoidalariga rioya qilish tavsiya etiladi. Shuningdek, koproq sabzavot, meva baliq, yogsiz gosht, donli mahsulotlar istemol qilish kerak. Tez ovqatlanish va shakar tanovul qilishni iloji boricha kamaytirgan maqul.

Tuz istemolini meyordan oshirmaslik zarur

Tayyor bolgan taom ustidan yana tuz sepib tanovul qilish juda xavfli hisoblanadi. Tanada tuzning kopligi qon bosimining kotarilishiga olib keladi, bu esa insult kasalligini keltirib chiqaradi. Bugungi bemorlarning aksariyati qondagi shakar miqdoriga etibor beradi-yu, ammo ularning oz qismi esa tanadagi tuz haqida oylaydi. Bugungi kunda tezpishar taomlar, fastfud va konservalar tom manoda tuz bilan toldirilgan. Kolbasa mahsulotlari, dudlangan gosht, pitssa va lazanya har qanday yoshdan qati nazar barcha rad etishi kerak bolgan ovqatlardir. Tavsiya etilgan miqdorga kora har kuni 5-6 gramm tuz istemol qilish yetarli.

Insultning asosiy belgilari

Insultning asosiy alomatlaridan biri bu qol va oyoqlarda kopincha, bir tomonida sezgirlikni yoqotishdir. Ammo bu bilan bemor insultni boshdan kechirganmi yoki boshqa bir kasallik tufayli ushbu holat kuzatilayotganiga aniqlik kiritib olishi kerak. Buning uchun yana 4 asosiy belgiga etiborli bolish lozim.

Tabassum. Insult yuz bergan insonda tabassum paytida ogizning bir burchagi kotariladi, ikkinchisi pastga tushadi.

Nutq.Duduqlanib, sekin gapirish kuzatiladi.

Qollar. Bemor ikki qolini bir tekisda kotara olmaydi, chap tomoni pastroq turadi.

Til. Odatda til bir tomonga osilgandek korinadi.

Agar ushbu belgilarning hech bolmasa bir donasi kuzatilsa ham, darhol shifokorga murojaat qilish kerak.

Bemor tinchlanishga harakat qilishi kerak

Qon bosimi kotarilishiga olib keladigan surunkali stress sogliq uchun xavfli hisoblanadi. Ish yoki yoki uydagi asabiylik infarktga chalinish ehtimolini yanada oshiradi. Sababi surunkali stress kundan kunga tanani zaiflashtirib boradi, tana azolarida yalliglanishni keltirib chiqaradi, kortizol gormonining sekretsiyasini kuchaytiradi, bu esa hujayralarning shikastlanishiga olib keladi. Insonning ruhiy holatiga etibori jismonan soglom bolishning garovidir.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (16-09-2020, 16:10)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 3) ( 2)
:
-
:
20 ... -