» » Vazn yoqotishning faqat shifokorlarga malum bolgan sirlari

Vazn yoqotishning faqat shifokorlarga malum bolgan sirlari


Inson vazni nafaqat togri ovqatlanish, balki turmush tarzi hamda salomatlik bilan ham chambarchas bogliq. Agar kim oziga mos vazn yigishda muvaffaqiyatga erishishni istasa, togri ovqatlanish mutaxassisi, sport murabbiyi, shuningdek, shifokor bilan ham maslahatlashishi zarur. Sababi ular vazn tashlashda qol keladigan oziga xos sirlardan xabardor.

Sogliq uchun istemol qilinayotgan dori vositalari vaznga tasir qilishi mumkin

Gipertoniya, qandli diabet, tushkunlik va boshqa keng tarqalgan kasalliklarga qarshi qabul qilinayotgan dori vositalari vazn ortishiga sabab bolishi mumkin. Agar vazn yoqotishda qiyinchiliklar paydo bolsa, shifokorlar ana shunday dorilar orniga semirtirib yubormaydigan, muqobilini tavsiya etadi.

Parhezdan avval qalqonsimon bezni tekshirish kerak

Qalqonsimon bez inson vazniga bevosita tasir qiladi, hatto modda almashinuvi jarayoniga ham ozgarishlar kiritadi. Mutaxassislarning ogohlantirishicha, agar vazn orttirish yoki kamaytirishda natija kutilganidek bolmasa, qalqonsimon bez gormonlarining kengaytirilgan tahlilini otkazish zarur. Natijalarni baholashda odatdagidek emas, balki optimal parametrlarga etibor qaratish kerak.

Spirtli ichimliklar vazn tashlashga xalaqit beradi

Spirtli ichimliklarning barcha turdagisi tanada modda almashinuviga tasir qiladi. Bundan tashqari, uning tarkibida yengil uglevodlar mavjud bolib, insulin moddasi tufayli qandli diabet kasalligini ham keltirib chiqaradi. Umuman, spirtli ichimliklar tananing har bir azosiga oz zararini yetkazadi.

Sportsiz vazn yoqotish mumkin emas

Ortiqcha vazndan xalos bolish uchun inson salomatligi hamda modda almashinuvi jarayoni meyorda ishlash kerak. Albatta, jismoniy mashqlarsiz bunga erishish mumkin emas. Shifokorlar uy sharoitida amalga oshiriladigan mashgulotlarni muntazam bajarishni tavsiya etadi. Shuningdek, vazn kamaytirish uchun sport zallariga borish shart emas.

Meyordagi qomatning kaliti soglom uyqu

Mukammal vazn uchta ustunga asoslangan. Ular soglom ovqatlanish, jismoniy faollik va yetarli uyqu. Kuniga 8 soatdan kam uxlash natijasida ochlik hissi uchun javobgar bolgan grelin gormoni darajasi ortadi. Bundan tashqari, uyquning yetishmasligi xatti-harakatlarga ham oz tasirini otkazadi. Vazn kamaytirishni istaganlar ishni uyquni meyorlashtirishdan boshlashi kerak.

Mushak ogirligidan xavotir olmaslik lozim

Sport bilan faol shugullangan insonlarda nafaqat vazn kamayishi, balki ortishi ham kuzatiladi. Aslida bu yaxshi natija, sababi tanada paydo bolgan mushaklar oz ogirligiga ega boladi hamda ular modda almashinuvini yaxshilaydi. Mushaklar qancha kop bolsa, shuncha kop kaloriya energiyaga aylanadi. Shuni ham yodda tutish kerakki, 30-40 yoshlar orasida mushak massasining tabiiy pasayishi kuzatiladi. Ammo ularni saqlab qolish uchun koproq jismoniy harakat qilish tavsiya etiladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (16-09-2020, 19:25)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 2) ( 2)
:
-
:
20 ... -