» » Arnasoy tumaniga yangi hokim tayinlandi

Arnasoy tumaniga yangi hokim tayinlandi


Jizzax viloyati Arnasoy tumani hokimi o‘zgardi. Tumanga Alimardonov Xurshid Shukurullayevich yangi hokim etib tayinlandi. Bu haqda Jizzax viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 16-sentabr kuni Xalq deputatlari Arnasoy tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Arnasoy tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Jamoliddin Berdiboyev lavozimidan ozod etildi.

Kengash sessiyasida O‘zbekiston Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisining o‘rinbosari Umar Ismoilov ishtirok etdi. Yig‘ilishda ishtirok etgan Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev Arnasoy tumani hokimi lavozimiga Xurshid Alimardonov nomzodini taklif qildi. Deputatlar ushbu nomzodni ma’qulladi.

Xurshid Alimardonov 1979-yilda Baxmal tumanida tug‘ilgan. U 2007-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Mazkur tayinlovga qadar Xurshid Alimardonov 2019-yildan buyon Sharof Rashidov tumani prokurori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Lavozimini tark etgan Jamoliddin Berdiboyev Arnasoy tumaniga 2018-yilning aprel oyidan buyon rahbarlik qilib kelayotgandi.

Avvalroq Toshkent viloyati Piskent tumaniga, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qonliko‘l tumaniga yangi hokimlar tayinlangani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 22:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют