» » Sloveniyada Melaniya Trampning yoqib yuborilgan haykali o‘rnida yangisi o‘rnatildi

Sloveniyada Melaniya Trampning yoqib yuborilgan haykali o‘rnida yangisi o‘rnatildi


Sloveniyada AQShning birinchi xonimi Melaniya Trampning yoqib yuborilgan yog‘och haykali o‘rniga bronzadan yasalgan yangi haykal o‘rnatildi, deb yozmoqda Euractiv.

Yog‘och haykal 4-iyul kuni amerikaliklar Mustaqillik kunini nishonlayotgan paytda vandallar tomonidan yoqib yuborilgan. Keyinchalik kuygan qoldiqlar Sloveniyaning Koper shahridagi badiiy galereyaga qo‘yilgan.

Bronzadan yasalgan yangi haykal tabiiy kattalikda bo‘lib, 2,8 metr balandlikdagi yog‘och ustunga o‘rnatilgan. Haykalni Melaniya Trampga o‘xshatish qiyin. Shu sababli uning yonida “Ushbu haykal shu yerda bo‘lgan Melaniya yodgorligining abadiy xotirasiga bag‘ishlangan”, deb yozilgan taxtacha o‘rnatilgan.

Bronze statue of Melania is unveiled in her hometown in Slovenia to replace the wooden version that was set on fire https://t.co/BMM9y2aNNe

— Daily Mail US (@DailyMail) September 16, 2020

Donald Trampning bo‘lajak rafiqasi 1990-yilda o‘zi tug‘ilib o‘sgan Sloveniyadan AQShga immigratsiya qilgan. U Sloveniyada ofitsiant bo‘lib ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Melaniya Trampning yog‘ochdan yasalgan haykali 2019-yilning 5-iyulida namoyish etilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 01:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют