» » NASA Quyoshning yangi siklga kirganini ma’lum qildi

NASA Quyoshning yangi siklga kirganini ma’lum qildi


NASA va Amerika meteorologiya agentligi (NOAA) ekspertlari Quyosh shveysariyalik astronom Rudolf Volfning nazariyasiga ko‘ra, yangi siklga kirganini ma’lum qildi. Mazkur sikl 11 yil davom etadi. Quyosh faolligi 2019-yilning dekabrida boshlangan minimumdan so‘ng yana ko‘tarilishni boshlagan deyiladi NASA xabarida.

Quyosh faolligi ulkan miqdoridagi dog‘lar ko‘rinishida paydo bo‘ladi — katta magnit maydonlari zonasi — rentgen portlashlar va quyosh tojidan plazmalarning otilishi. Olimlarning aniqlashicha, har bir yangi siklning boshlanishida dog‘lar Quyosh qutblariga yaqinroq joyda paydo bo‘ladi va sekin-asta ekvatorga qadar tushib boradi.

Olimlarning ta’kidlashicha, mazkur sikl sokin o‘tadi, chunki 2018-yildagi kuzatishlarga ko‘ra Quyoshdagi faolliklarning uzoq muddatli tendensiyasi pasayadi. Biroq mutaxassislar Yerga muammo tug‘dirishi mumkin bo‘lgan chaqnashlar sodir bo‘lishi mumkinligini istisno etmaydi: o‘zni yomon his qilish, Yerdagi aloqa vositalari va kosmik apparatlar ishidagi uzilishlar va hokazo.

“So‘nggi sakkiz oy ichida Quyosh faolligi sekin-asta ortib bordi, bu esa biz 25-Quyosh sikliga o‘tganimizni bildiradi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, uning kuchi xuddi oldingi — 24-siklnikidek bo‘ladi. Quyoshning maksimal faolligi 2025-yilning iyulida kuzatiladi, eng yuqori ko‘rsatkich 115 quyosh dog‘iga yetadi”, — deya ta’kidlaydi mutaxassislar.

Avvalroq GREGOR teleskopi Quyoshdagi qora dog‘larning aniq tasvirini olishga muvaffaq bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Quyosh yuzasida so‘nggi uch yil ichidagi eng kuchli portlash sodir bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 11:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют