» » Toshkent shahridagi “Buxoro” va “Bistroff” kafelarida yuzaga kelgan yong‘in bartaraf etildi

Toshkent shahridagi “Buxoro” va “Bistroff” kafelarida yuzaga kelgan yong‘in bartaraf etildi


Toshkent shahrining ikki kafesida 17-sentabr tongida sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi, deya xabar bermoqda FVV.

Qayd etilishicha, 2020-yil 17-sentabr tongida Toshkent shahrining Mirobod va Chilonzor tumanlarida yong‘in yuz berdi. Kelib chiqqan vaziyat oqibatida Nukus ko‘chasi 10-uyda joylashgan “Buxoro” kafesining oshxonasi hamda Bunyodkor va Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasida joylashgan ijarada bo‘lgan “Bistroff” kafesining qariyb 190 kvadrat metriga zarar yetgan.

Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 8 ta yong‘in o‘chirish ekipaji hamda 2 ta avtonarvon zudlik bilan voqea joyiga yetib keldi. Yong‘in-qutqaruvchilarning olib borgan tezkor sa’y-harakatlari natijasida binolarning 430 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.

Jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushmagan. Yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 11:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 134) ( 0) ( 133) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют