» » Haydovchiga besh million, artistga bir million jarima: mantiq qayerda qoldi, qonuniylik-chi?

Haydovchiga besh million, artistga bir million jarima: mantiq qayerda qoldi, qonuniylik-chi?


Qoshnisining qiziga uylanayotganinimalum qilganxonanda Vohidjon Isoqov 14-sentabr kuni uylangani, uning toyi Tashkent City parkida bolib otgani haqidaxabar berilgandi. Xonanda va uning turmush ortogini tabriklash uchun toyga koplab shou-biznes vakillari tashrif buyurgan. Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi sanitariya-epidemiologiya talablarini buzib, mehmonlari soni ellikdan oshgan holda toy tadbirini otkazgan estrada xonandasiga BHMning 5 baravari (1 million 115 ming som) miqdorida jarima belgilangani haqdaxabar tarqatdi. Kun.uzbu borada xonandaga jazo haqqoniy va adolatli tanlanmaganitogrisida maqola elon qildi. Quyida ushbu maqola toligicha keltirilgan.

Bu kabi savollarga karantinda otgan yaqin otmishimizni yodga olib javob izlashga urinib koramiz.

Eslab koring: yaqin-yaqinlarda ruxsat etilmagan vaqtda oz avtotransport vositasida harakatlangan haydovchilarga eng kamida bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari 4 million 460 ming somdan jarimaqollandi. Bu ham yetmagandek avtomashinalari bir necha oylab qonunga xilof ravishda jarima maydonlaridaushlab turildi. Jarima-yu, jarima maydoniga tolangan pullarning aniq hisobi bolmasa ham kerak.

Bu kabi ayovsiz jarimalar ortidan karantin elon qilinganining dastlabki oyidayoq davlat xazinasi sal kam50 milliardsomga boyidi. Ularning asosiy qismi karantin cheklovlari davrida avtomashinani boshqargan shaxslarga togri keldi.

Darhaqiqat, Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksning54-moddasiikkinchi qismiga kora karantinli va inson uchun xavfli bolgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bolishining yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari (4 460 000 som)dan 30 baravari (6 690 000 som)gacha, mansabdor shaxslarga esa undan ham koproq, 50 baravari (11 150 000 som)gacha miqdorda jarima solishga sabab boladi. Ammo hozir gap bu haqda emas.

Endi mavzuning ikkinchi va asosiy qismiga otib, xonanda Vohidjon Isoqov belgilangan meyorlardan oshirib toy qilganlikda ifodalangan qilmishining huquqiy malakalanishi va unga qollangan jazo miqdoriga toxtalsak.

Toshkent shahar IIBB xabarida Vohidjon Isoqov Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksning 54-moddasining qaysi qismi bilan javobgarlikka tortilgani aytilmagan. Mazkur moddaning birinchi qismida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bolishga oid huquqbuzarlikka nisbatan javobgarlik nazarda tutilganini inobatga oladigan bolsak, Vohidjon Isoqov shu moddaning ikkinchi qismi talabini buzgan bolib chiqadi.

Biroq qollangan jarima miqdori (BHMning 5 baravari) esa bu xulosani shubha ostida qoldirmoqda. Sababi 54-moddaning ikkinchi qismida jarima miqdori besh baravargacha emas, balki 20 dan 30 baravargacha belgilangan. Bu moddaning esa uchinchi qismi yoq.

Demak, bundan kelib chiqadiki qonun himoyachilari Tashkent Cityda toy otkazib, erkalik qilgan xonandani avaylagan bolishlari mumkin.

Xabarda Vohidjon Isoqovga mamuriy bayonnoma sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgani aytilgan. Xonanda niqob taqmagani uchun emas, aynan toy marosimida 50 dan oshiq mehmonlar qatnashgani uchun jazolangan. Respublika maxsus komissiyasining amaldagi qaroriga muvofiq, toy marosimlarida ishtirok etuvchilarning cheklangan soni 30 nafardan oshmasligi kerak.

Endi haqli etiroz paydo boladi: unda xonanda nima sababdan BHMning 5 baravari miqdorda jarimaga tortildi? Axir u karantinli va inson uchun xavfli bolgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzdi-ku?! Shunday ekan, unga nima uchun qonunda qatiy belgilanganidan yengilroq jazo chorasi tanlandi?

Masalaning shu yeriga kelganda qonun normalari qopol ravishda buzilgani yaqqol kozga tashlanadi. Chunki Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksning 33-moddasiga kora, javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarni va huquqbuzarning moddiy ahvolini inobatga olgan holda belgilangan eng kam jazodan ham kamroq jazo yoki undan ham yengil jazo chorasinifaqatgina sud qollashi mumkin.

Mamuriy huquqbuzarlik togrisidagi ishni korib chiquvchi boshqa organ yengilroq mamuriy jazo chorasini qollash togrisidagi masalani hal etish uchun ishni sudga yuborishi shart. Yani,suddan boshqa birorta mamuriy organ jazoni yengiliga almashtirishga vakolatli emas.

Shunday ekan, Vohidjon Isoqov ishida SES xodimlari oz vakolatlarini suiistemol qilgan bolishlari mumkinligi ehtimoli yuqori.

Ushbu holat vakolatli organlar tomonidan qayta korib chiqilib, qonuniylik toliq taminlanishiga umid bildirib qolamiz.

Zero qonunlar oldida estrada xonandasi ham, oddiy haydovchi ham tengdir.



Manba: Daryo.uz
: admin (17-09-2020, 11:40)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 39) ( 0) ( 37) ( 2)
:
-
:
20 ... -