» » Britaniyalik erkak niqob o‘rniga tirik ilonni “taqib” avtobusga chiqdi (video)

Britaniyalik erkak niqob o‘rniga tirik ilonni “taqib” avtobusga chiqdi (video)


Buyuk Britaniyada avtobus yo‘lovchisi transport foydalanuvchilari va haydovchisini hayratda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. U yuzini himoya qiladigan niqob o‘rniga tirik ulkan ilondan foydalangan, deb yozadi Daily Mail.

Voqeaga guvoh bo‘lgan yo‘lovchining so‘zlariga ko‘ra, unga qo‘shni o‘rindiqdagi erkakning yuzi mahkam bog‘lab olingan shunday dahshatli niqobga egadek tuyilgan. Yana birining aytishiga qaraganda, ulardan hech biri erkakning ko‘rinishidan qo‘rqmagan.

“Avvaliga, shunday kulgili niqob kiygan deb o‘yladim, keyin u jonivorni tutqichlar bo‘ylab yurishi uchun erkin qo‘ydi. Bu esa avtobusdagilar uchun juda qiziq holat edi”, ? deydi yana bir britaniyalik transport foydalanuvchisi.

Transport kompaniyasi rahbarlaridan biri hukumatning yangi qoidalarida yuzni himoya qilish uchun aynan tibbiy niqob bo‘lishi shart emasligi, balki yo‘lovchilar ularni o‘zi yasashi yoki sharf kabi mos matolardan foydalanishi mumkinligini ta’kidlagan.

Ayni damda koronavirus pandemiyasi sabab Buyuk Britaniya jamoat transportidan foydalanishda niqob taqish majburiy hisoblanadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 18:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют