» » AQSh g‘arbidagi o‘rmon yong‘inlari tutuni Yevropa shimoliga yetib bordi

AQSh g‘arbidagi o‘rmon yong‘inlari tutuni Yevropa shimoliga yetib bordi


AQSh g‘arbidagi hududlar bu yil 2003-yildan beri sodir bo‘lgan eng dahshatli yong‘inlarni boshdan kechirmoqda. Ushbu yong‘in hosil qilgan tutun hatto Yevropaning shimoliy qismigacha yetib bordi, deya xabar bermoqda Yevropaning atmosfera monitoringi xizmati (YAMX)ga tayanib “RBK” xabar berdi.

“AQShdagi yong‘in faolligini oldingi yillar bilan taqqoslab, YAMX 2020-yilgi faollik 2003—2019-yillardagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan o‘nlab yoki yuzlab marta yuqori ekanligini aniqladi”, – deyiladi xabarda.

YAMX ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘inlar katta miqdordagi tutun hosil bo‘lishiga va havoning ifloslanishiga olib kelgan. Masalan, Kaliforniya va Oregon shtatlari 2020-yilda havodagi uglerod chiqindilarini 2003-yildan buyon bo‘lgan davrga nisbatan ko‘proq qayd etildi.

Mavzuga doir: AQShning Oregon shtatidagi o‘rmon yong‘inlari dahshati — suratlarda

“Garchi so‘nggi kunlarda aksariyat shtatlarda yong‘inlarning faolligi pasaygan bo‘lsa-da, atmosferada kuchli tutun saqlanib qolmoqda”, – deyiladi xabarda.

YAMX ma’lumotlariga ko‘ra, tutun Shimoliy Amerika, AQSh va Kanada ustidan atmosferaga kirib kelgan. Shunday qilib u shimoliy Yevropaga ham etib borgan. Buni kelayotgan dam olish kunlari (19–20-sentabr) yana sodir bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Qo‘shma Shtatlarda avgust oyidan buyon yirik yong‘inlar davom etmoqda. Anormal issiqlik va chaqmoq yong‘inlarni keltirib chiqardi. Kaliforniyadagi “O‘lim vodiysi” milliy bog‘ida 17-avgust kuni Yerdagi eng yuqori harorat – 54,4 daraja qayd etildi.

CNN va Associated Press avvalroq AQShda avgust oyining o‘rtalaridan beri o‘rmon yong‘inlari kamida 28 kishining hayotiga zomin bo‘lganligi haqida xabar berdi. Eng ko‘p qurbonlar Kaliforniya shtatida bo‘lib, u erda yong‘inlarda 19 kishi halok bo‘ldi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 19:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют