» » Rasman: Gonsalo Iguain “Yuventus”ni tark etdi

Rasman: Gonsalo Iguain “Yuventus”ni tark etdi


Argentinalik hujumchi Gonsalo Iguain “Yuventus”ni tark etdi. Bu haqda Turin klubi rasmiy saytida xabar qilindi.

Ta’kidlanishicha, tomonlar o‘zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qilgan. Iguain erkin agent maqomini olib, boshqa klub safiga bepul o‘tishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq futbolchi Amerikaning “Inter Mayami” klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagani va uning yillik maoshi 7,5 million yevro bo‘lish haqida xabar berilgandi.

32 yoshli Iguain “Yuventus” safida 149 o‘yin o‘tkazib, 66 gol va 16 golli uzatmaga mualliflik qilgan. Gonsalo “keksa sinyora” bilan uch marta Italiya chempionatida, ikki bor esa mamlakat kubogida g‘alaba qozongan.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 12:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 24) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют