» » iPhone 12 Pro Max’ning ilk testi natijalari ma’lum bo‘ldi

iPhone 12 Pro Max’ning ilk testi natijalari ma’lum bo‘ldi


Ice Universe niki ostidagi taniqli insayder AnTuTu benchmarkida iPhone 12 Pro Max ustida o‘tkazilgan dastlabki test natijalariga e’tibor qaratdi. Qayd etilishicha, yangi smartfon o‘zidan oldingi iPhone 11 Pro Max’dan ancha kuchli bo‘lib chiqqan.

Yangi iPhone 12 Pro Max test natijalarida 572 ming ball to‘plagan. Taqqoslash uchun, undan oldingi modelda ushbu ko‘rsatkich 524 mingga teng edi — farq 10 foiz. Turli operatsion tizimlarni o‘zaro taqqoslash u qadar to‘g‘ri bo‘lmasa-da, ushbu ko‘rsatkichdan hatto Snapdragon 865 Plus ham pastroq.

Insayderning yozishicha, Apple iPhone 12 lineykasidagi yangi protsessorlarda ularning ishchanligini oshirishga emas, balki chipning energiya samaradorligi va issiq ajratishiga e’tibor qaratgan. Yangi iPhone’larga Apple A14 protsessori o‘rnatiladi — bu 5 nanometrli ilk mobil chip hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, sentabr oyidagi taqdimotda yangi iPhone’lar taqdim etilmagan bo‘lib, ularning taqdimoti oktabr oyiga mo‘ljallangan. Shu bilan birga, hozirga qadar iPhone 12 lineykasining narxi va boshqa detallari haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.

Avvalroq Apple rasman 2020-yilgi yangi iPhone’lar savdosi har doimgidan kechroq boshlanishini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 13:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют