» » Indoneziyalik qiz vafot etgan onasini tasodifan Google xaritasida ko‘rib qoldi

Indoneziyalik qiz vafot etgan onasini tasodifan Google xaritasida ko‘rib qoldi


Indoneziyalik bloger Lediya Elan Safitri tasodifan Google xaritasida vafot etgan onasini ko‘rib qoldi, deb xabar bermoqda World of Buzz.

Bloger TikTok sahifasida o‘z uyini xarita dasturidan qidirayotganda o‘sha hududda yurgan onasini topganligini bildirgan. Qizning aytishicha, onasi bir necha yillar avval vafot etgan. Demak, o‘sha davrdan beri ushbu mintaqadagi xarita yangilanmagan bo‘lishi mumkin.

Lekin dasturdagi bunday topilma tufayli hayratda qolgani, shu bilan birga, baxtni his qilganini aytdi. “Onamning rasmlari unchalik ko‘p emas, chunki bundan avvalgi telefonimni yo‘qotib qo‘yganman”, ? deydi qiz. Bloger onasini yo‘qotganidan qayg‘uda ekanligi va uni juda ham sog‘inayotganini aytib o‘tgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 14:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют