» » Rospotrebnadzor: Koronavirus mavsumiy kasallikka aylanishi mumkin

Rospotrebnadzor: Koronavirus mavsumiy kasallikka aylanishi mumkin


Koronavirus infeksiyasidan o‘lim sonining kamayishi va uning tarqalish potensialining oshishi virusning odamlarga moslashganidan dalolat berishi mumkin, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” Rospotrebnadzor matbuot xizmatiga tayanib. Agar bu tendensiya davom etsa, COVID-19 mavsumiy kasallikka aylanadi.

“Aftidan, kelajakda O‘RVI mavsumiy qo‘zg‘atuvchilari strukturasiga integratsiyalashgan SARS-CoV-2 ko‘rinishida davom etishi mumkin”, — deyiladi xabarda. Aprel oxiridan buyon o‘limlar soni 7,2 foizdan 3,2 foizgacha kamaygani ta’kidlangan.

Avvalroq Rospotrebnadzor ayni paytda dunyoda bir necha ming koronavirus mutatsiyasi mavjudligi, biroq ulardan faqat 22 tasi sobit va barqaror meros bo‘lib qolishi qayd etilganini ma’lum qilgandi.

Rossiyada COVID-19’ga qarshi vaksina ishlab chiqargan markaz rahbari mamlakatda pandemiya qachon tugashi mumkinligini, koronavirus yangi to‘lqinlarining oldini olish uchun nima qilish kerakligini aytgandi.

Rossiyalik ekspert kuzda koronavirusni davolash og‘irroq kechishi mumkinligidan ogohlantirgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 30 million kishidan oshdi. Kasallanganlar soni bo‘yicha keyingi o‘rinlarni Hindiston (5,1 million), Braziliya (4,4 million) va Rossiya (1,085 million) egallab turibdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 15:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют