» » UFC prezidenti Konor Makgregorning qachon oktagonga qaytishini aytdi

UFC prezidenti Konor Makgregorning qachon oktagonga qaytishini aytdi


UFC prezidenti Deyna Uayt promoushenning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni Konor Makgregor bilan hamkorlikni yangilashga intilayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, irlandiyalik jangchi 2021-yildayoq UFC’ga qaytishi mumkin.

Biz Konor uchun 2021-yil boshida qiziqroq taklif tayyorlamoqdamiz. Uning jang qilishiga kafolat berolmayman, lekin unga kelasi yil boshida nimadir tayyorlaymiz.

Deyna Uayt, UFC prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, Konor Makgregor so‘nggi jangini 2020-yilning yanvarida o‘tkazgandi. O‘shanda u (yarim o‘rta vazn toifasida) Donald Serroneni jangning birinchi raundida nokautga uchratgandi.

May oyida Konor o‘zi uchun munosib raqib yo‘qligidan va jang qilishdan zerikkani uchun faoliyatini yakunlagandi. Qayd etish joiz, u bundan oldin ham ikki marotaba ketishini e’lon qilib, yakunda esa baribir oktagonga qaytgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 16:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 36) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют