Qamchiq dovonida birinchi qor yog‘di (video)
18-sentabr kuni kunduzi O‘zbekiston bo‘ylab ba’zi joylarda havo o‘zgarib, yog‘ingarchilik kuzatildi. Ijtimoiy tarmoqlarda Qamchiq dovonida qor yoqqani tasvirlangan foto va videolar tarqaldi.
Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotiga ko‘ra, 18-sentabr kuni O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, respublika tog‘ oldi va tog‘ hududlarining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Avvalroq O‘zbekistonda dam olish kunlari sovuq oqim chekinib, havo ochiq bo‘lishi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga doir: O‘zbekistonda hafta o‘rtalaridan havo salqinlashishni boshlaydi
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston va Qirg‘izistonning ayrim hududlarida saratonda kuchli qor yoqqan edi.
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
