» » O‘zbekistonda 8 oyda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 135 trln so‘mni tashkil etdi

O‘zbekistonda 8 oyda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 135 trln so‘mni tashkil etdi


O‘zbekistonda 2020-yilning yanvar–avgust oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 135 trillion so‘mga yetdi. Uning nominal hajmi 11,9 trillion so‘mga oshdi. Bu haqda davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, taqqoslama ekvivalentda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 0,1 foizni tashkil etdi.

2020-yilning yanvar oyiga nisbatan joriy yilning avgust oyida (diskret oy) ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 2,2 trillion so‘mga o‘sdi va 18,5 trillion so‘mga yetdi.

2020-yil VII diskret (iyul) oyining hajmiga nisbatan taqqoslaganda, 2020-yil VIII diskret (avgust) oyining hajmi 2,6 trillion so‘mga o‘sdi.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari egallaydi. 2020-yilning yanvar—avgust oylarida ularning ulushi 26,2 foizni tashkil etdi. Shu bilan birga, yuqori ko‘rsatkichlar transport xizmatlari (24,2 foiz), moliyaviy xizmatlar (21,9 foiz), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari bo‘yicha (6,1 foiz) qayd etildi.

Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar ko‘rsatish hajmlarining uncha katta bo‘lmagan o‘sishi kuzatildi, ularning ulushi atigi 1,4 foizni tashkil etdi. Shuningdek, nisbatan yuqori bo‘lmagan ulush kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar – 1,5 foiz, ijara sohasidagi xizmatlar – 1,8 foiz, me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar hissasi 2,1 foizga to‘g‘ri keldi.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi iyunda 100, 6 trillion so‘mni, iyul oyida esa 116, 5 trillion so‘mni tashkil etgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2020, 08:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют