» » Ozbekistonda aholi punktida avtomobil magnitofoni ovozini baland qilib qoyganlik uchun jarima joriy etiladi

Ozbekistonda aholi punktida avtomobil magnitofoni ovozini baland qilib qoyganlik uchun jarima joriy etiladi


Ichki ishlar vazirligi Ozbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksining 127-moddasiga ozgartirish va qoshimcha kiritish togrisidagi qonun loyihasini muhokamaga qoydi.

Loyiha Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-sentabrdagi 12-14-16/1-son topshirigi ijrosini taminlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Qayd etilishicha, respublika hududida avtotransport vositalari sonining keskin ortishi bilan bir qatorda, ayrim haydovchilar tomonidan aholi punktlarida transport vositalarining magnitofon va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalaridan ovozini baland qilib foydalanishi hollari ham uchramoqda. Bunday harakatlar fuqarolarning tinchligi va osoyishtaligi buzilishiga sabab bolmoqda.

Statistik malumotlarga kora, 2018-yilda 6466 nafar, 2019-yilda 9911 nafar hamda 2020-yilning otgan 8 oyi mobaynida 8763 nafar (jami 25 140 nafar) transport vositalari haydovchilari belgilanmagan joylarda faqatgina tovush signalini sababsiz berishi va transport vositalariga uni ishlab chiqargan korxona nazarda tutmagan tovush chiqaruvchi qurilmalarni ornatishi bilan bogliq qoidabuzarliklarni sodir etgani uchun Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksining 127-moddasi bilan mamuriy javobgarlikka tortilgan.

Jahon sogliqni saqlash tashkiloti tavsiyalarida avtomobil salonida tovush balandligi 85 detsibeldan (dB) baland bolmasligi hamda kopi bilan 8 soat tinglash tavsiya etilgan. Shu bilan bir qatorda, tovush balandligi 90 dB bolganda 2,5 soat, 95 detsibelda 47 daqiqa, 100 detsibelda 15 daqiqa, 105 detsibelda 4 daqiqa, 115 detsibelda 28 soniya, 120 detsibelda 9 soniyadan ortiq tinglash inson salomatligiga salbiy tasir qilish va karlikka sabab bolishi mumkinligi qayd etiladi.

Loyihada Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksining 127-moddasining birinchi qismiga qoshimchalar kiritilib, ushbu modda quyidagi tahrirda bayon etilmoqda:

Tovush signalini sababsiz berish, aholi punkti yerlarida transport vositalarining magnitofon va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalaridan ovozini baland qilib foydalanish, transport vositalariga uni ishlab chiqargan korxona nazarda tutmagan tovush chiqaruvchi va yorituvchi qurilmalarni ornatishsozlari bilan toldirilmoqda.

Mazkur modda birinchi qismining sanksiyasidagibazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi jarima uch baravari miqdorigaozgartirilmoqda.

Yol harakati qoidalariga muvofiq, transport vositalarining tovush chiqaruvchi, yorituvchi va boshqa qurilmalaridan foydalanish, ularni ornatish qoidalarini buzish bilan bogliq huquqbuzarlik uchun mamuriy choralarni kuchaytirish, haydovchilarning transport vositasini boshqarish jarayonida transport vositalari haydovchilari bilan munosabatdagi ozaro bir-birlariga bolgan masuliyatini oshiradi.

Yol harakati ishtirokchilarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasini taminlash bilan bogliq faoliyatning tasirchanligini oshiradi.

Fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishlariga hamda inson salomatligiga salbiy tasir qilish omillarini kamaytiradi.

Xorijiy tajribani organish transport vositalarining tovush chiqaruvchi, yorituvchi va boshqa qurilmalaridan foydalanish, ularni ornatish qoidalarini buzish bilan bogliq huquqbuzarlik uchun mamuriy qatiy jazo choralari qollanilishini korsatmoqda. Masalan, Singapurda belgilanmagan joylarda tovush signallarini sababsiz berish 1,5 ming mahalliy dollarda (5,4 million som) jarima jazosi qollanilishi belgilangan.

Rossiyada 2020-yil avgustda qonunchilikka mazkur sohadagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni sezilarli darajada kuchaytirishga qaratilgan ozgartirishlar taklif etilib, unga muvofiq, aholi hamda belgilanmagan joylarda sababsiz tovush signallarini berish uchun mamuriy jarima miqdori 10 baravarga oshirilib, 10 ming rublga (1,370 million som atrofida) belgilanishi kozda tutilgan.

Qayd etilishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi Davlat budjetidan qoshimcha xarajatlar talab qilmaydi.

Mening fikrim jamoaviy murojaatlar portalida fuqarolardan avtotransport vositasining sugurtasi yoqligi tufayli avtotransport egasiga mamuriy jarima qollagan holda avtotransport vositasini jarima maydoniga qoyish amaliyotini bekor qilish haqidagi taklif bilan murojaat qilingan va mazkur murojaat portalda 10 000 dan ortiq ovoz toplagani togrisidaxabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (19-09-2020, 10:25)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
:
-
:
20 ... -