» » UFC. Hamzat Chimayev tajribali raqibini 17 soniyadayoq nokautga uchratdi, Zarruh Adashevni yenggan Tayson Nem navbatdagi raqibini ham nokaut bilan yutdi

UFC. Hamzat Chimayev tajribali raqibini 17 soniyadayoq nokautga uchratdi, Zarruh Adashevni yenggan Tayson Nem navbatdagi raqibini ham nokaut bilan yutdi


Toshkent vaqti bilan 20-sentabr tongida Las-Vegasda UFC Fight Night 178 musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Kechaning asosiy janglaridan birida UFC’da super statistika namoyish qilayotgan Hamzat Chimayev (9-0) tajribali Jerald Mirshertga (30-14) qarshi jang qildi. Kelib chiqishi chechenistonlik bo‘lgan jangchi 17-soniyadayoq raqibini chuqur nokaut holatiga solib qo‘ydi.

Bu Chimayev uchun UFC’dagi uchinchi jangda qo‘lga kiritilgan 3-g‘alaba bo‘ldi. Avvalgi ikki jangda ham Chimayev raqiblarini birinchi raunddayoq taslim etgandi.

O‘zbekistonlik yakkakurashchi Zarruh Adashevni 32 soniya ichida mag‘lub etgan Tayson Nem (20-11) mazkur UFC kechasida Jerom Riveraga (9-3) qarshi jang qildi. Jangda katta ustunlikka erishgan Tayson ikkinchi raund avvalida raqibini nokautga uchratdi.

Barcha janglar videosini quyidagi havola orqali tomosha qilish mumkin: HAVOLA



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2020, 08:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 116) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют