» » O‘zbekistonda magistratura imtihonida qatnasholmaganlar uchun qo‘shimcha test sinovi o‘tkaziladi

O‘zbekistonda magistratura imtihonida qatnasholmaganlar uchun qo‘shimcha test sinovi o‘tkaziladi


O‘zbekiston oliy ta‘lim muassasalari magistraturasiga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan, (ariza bergan) ammo uzrli sabablarga ko‘ra onlayn test sinovlarida ishtirok eta olmagan abituriyentlarning murojaatlariga asosan (ariza bilan murojaat qilgan hamda arizalari asosli deb topilgan) ular uchun 22-sentabr kuni soat 10:00 da onlayn test sinovlari o‘tkaziladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi xabar berdi.

Mazkur onlayn test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilgan (ariza bilan murojaat qilgan hamda arizalari asosli deb topilgan) abituriyentlar 2020-yil 21-sentabr kuni soat 10:00 dan boshlab o‘zlarining shaxsiy kabinetlaridan login va paroli orqali onlayn test sinovlarida ishtirok etish ruxsatnomasini olishlari mumkin.

Ushbu toifadagi abituriyentlardan ruxsatnomalarida belgilangan manzillarga (hudud, bino) fuqarolik pasporti hamda testda ishtirok etish ruxsatnomasi bilan 22-sentabr kuni soat 09:30 ga qadar yetib kelishlari talab etiladi.

Belgilangan muddatdan kech kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.

Eslatib  o‘tamiz, magistratura bosqichiga kirish imtihonlari esa 8—20-sentabr kunlari bo‘lib o‘tdi. 2020-yilda O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalariga magistraturaga 10 425 ta o‘rin ajratilgan. Shundan 5475 nafari grant, 4950 nafari to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladi.  2020/2021-o‘quv yili magistrantlar uchun ham masofaviy shaklda boshlanadi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston OTMlarida an’anaviy ta’lim shakli ikkinchi semestrdan qayta tiklanishi mumkin



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2020, 15:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 122) ( 0) ( 120) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют